— Kecha qo‘shnimizni mashinasidagi chang ustiga "Meni yuvintir" deb yozib qo‘ysam, u bugun meni avtomobilimga "Kirsang yuvaman" deb yozib ketibdi.
Bir kuni afandining darvozasi taqqillab qolibdi.
— Kim u?, - debdi afandi.
— Uy egasi bormi?, - so‘rabdi tashqaridagi odam.
— Gazdanmisiz yoki svetdanmi?, - debdi yana afandi.
— Kollejdanman!
— Kollejga-yam pul to‘lanadigan bo‘ldimi?
— Yo‘q, o‘g‘lingizni o‘qishga jo‘natsangiz bo‘ldi...
Jon berayotgan er xotinini chaqirib debdi:
— Esingdami armiyaga ketayotganimda, sen yonimda eding?
— Ha, esimda...
— Ishdan bo‘shab, uyda uch yil o‘tirganimda ham sen men bilan birga bo‘lganding!
— Ha...
— Avariyaga uchrab, yotib qolganimda ham oldimdan jilmading.
— Albatta, birga bo‘lgandim, yoningizda hamisha...
— Hozir jon beryapman. An’anaga sodiq qolasanmi? Shuni bilmoqchiman.
E’lonlar taxtasidagi yozuvdan:
"Kelishgan yigit bilan turmush qurmoqchiman. Uni yonida ko‘p ovqat yeyishga uyalib ozish niyatidaman. Yetarlicha ozganimdan so‘ng, ajrashib ketishimiz ham mumkin".
Xotin eriga:
— Azizim, bugun ajoyib tush ko‘ribman!
— Qanaqa tush ekan?
— Tushimda siz menga bir dona olma berganmushsiz...
— Buni nimasi ajoyib?!
— O‘sha olma-chi tishlangan ekan...
— Tishlangan olma ko‘rsang ham, senga Apple telefonini olib berolmayman!
Kunlarning birida ota-o‘g‘il toqqa, dam olishga chiqishibdi. O‘g‘li toshga qoqilib, yiqilib tushibdi-da, og‘riqdan:
— Ay!, - deb baqiribdi.
"Ay!" degan aks-sado kelibdi.
— Kimsan?, - so‘rabdi bola hayron bo‘lib.
"Kimsan" degan aks-sado eshitilibdi.
— Tentak, - deb baqiribdi.
Yana "Tentak" eshitilibdi.
Adasi o‘g‘liga qarab, — To‘xta, - debdi-da, — Sen zo‘rsan!, - deb baqiribdi.
"Sen zo‘rsan" degan sado kelibdi.
— Seni yaxshi ko‘raman, - desa,
"Seni yaxshi ko‘raman" degan ovoz kelibdi tog‘lardan.
— Ko‘rdingmi o‘g‘lim, men zo‘rman va meni yaxshi ko‘rishadi. Sen esa tentaksan, - degan ekan adasi.
— Doktor, yordam bering! Tushimda nuqul sichqonlar futbol o‘ynab chiqishadi. Uxlolmayapman!
— Sizga dori yozib beraman, bugundan boshlab ichasiz.
— Doktor, ertadan ichsam maylimi?
— Nega?
— Bugun final bo‘ladi-da...
Tasodifan tanishgan ikkita odam garov o‘ynabdi. Birinchisi:
— Hozir men o‘ng ko‘zimni tishlayman, sen menga ellik ming berasan, - debdi.
— Ko‘zingni-ya?, Tishlay olmaysan, - debdi ikkinchi odam.
U odamni ko‘zi protez ekan, shartta ko‘zini olibdi-da, tishlabdi.
Sherigi ellik ming berishga majbur bo‘libdi.
— Endi ikkinchi ko‘zimni ham tishlayman, - debdi haligi odam.
— Tishlay olmaysan! Ikkala ko‘z ham protez bo‘lishi mumkin emas, - desa,
— Meni tishlarim protez, - deb tishini joyidan olib, yana ellik minglik bo‘lib olgan ekan.
— Adajon, tushimda menga besh ming berganmushsiz...
— O‘sha pullarni o‘zingga olib qo‘yaqol, o‘g‘lim!
Plastik jarrohlik markazida vrach:
— Xonim, agar operatsiya natijasi sizga yoqmasa, biz hammasini qaytarishga tayyormiz, - debdi.
Ayol:
— Pullarimni-mi?
— Yo‘q, ajinlarni!