Kutubxonada:
— O‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi kitoblar qayerda?
— Chapdagi uchinchi javonda.
— Axir u yer bo‘m-bo‘shku?
— Bu joydan kitob olganlarning birortasi ham qaytarishmaydi-da.
Tongda uyga kirib kelgan eridan xotini so‘rabdi:
— Kecha qayerda tunadingiz?
— Nodirnikida.
Xotini tezda Nodirga telefon qilib:
— Erim kecha sizlarnikida tunadimi?
— Ha, hozir ham uxlab yotibdi.
Baliq ovlab o‘tirgan odamni oldiga timsoh suzib kelib,
— Ov qalay bo‘lyapti, ilinyaptimi?, - deb so‘rabdi.
— Ha yo‘q. Ertalabdan beri o‘tiribman. Bitta-yam ushlolmadim, omadim kelmayapti, - deb javob beribdi.
Shunda timsoh baliqchiga qarab:
— Kun ham qizib ketdi. Balki cho‘milib olarsan-a, - dermish.
Xotin eriga:
— Kecha cho‘kayotganimda meni qutqarib qolgan odamni ko‘rdingizmi?, - desa,
— Ha, ko‘rdim. Kecha kelib mendan uzr so‘rab ketdi, - debdi eri.
Afandi bir kuni qo‘shnisidan qozon so‘rab chiqibdi. Oradan bir hafta o‘tgach, qozonni ikkita qilib olib chiqibdi. Qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Nega ikkita qozon olib chiqdingiz?, - debdi.
Afandi esa javob beribdi:
— Qozoningiz homilador ekan, tug‘di.
— Qozon kerak bo‘lsa tez-tez so‘rab turing, - debdi qozonning egasi.
Oradan bir necha kun o‘tib, afandi o‘sha qo‘shnisidan katta doshqozon so‘rab chiqibdi. Qo‘shnisi darrov berdi. Oradan bir hafta o‘tibdi, o‘n kun o‘tibdi, bir oy o‘tibdi. Afandi esa hanuz qozonni qaytarmasmush. Qo‘shnisi o‘zi qozonni so‘rab chiqibdi. Afandi qo‘shnisiga homush qarab:
— Qozoning betob ekan. Qazo qildi, - debdi.
— Qanaqasiga qozon betob bo‘lsin?, - deb baqiribdi qo‘shni, - hech jahonda qozon ham o‘ladimi?
— Qozoning tuqqaniga ishonasanu, o‘lganiga ishonmaysanmi?, - dyebdi afandi.
Poyezdda ikki yo‘lovchi suhbatlashyapti:
— Mening xotinim farishta.
— Baxtli ekansiz, meniki haliyam tirik.
Xotin eriga baqiryapti:
— Sizga xizmatkor bo‘lish jonimga tegdi, ajrashaman.
— Yo‘q, sen bo‘shatilding!
Tulki har doim ilonni mazah qilib, oyog‘i yo‘qligi uchun ustidan kulib yurarkan. Bir kuni tulki ilonni yoniga kelib:
— Endi yarashaylik, urishmasdan, do‘st bo‘lamiz. - debdi.
Ilon ham rozi bo‘lib turganakan, tulki:
— Yarashgan bo‘lsak, besh tashla, - degan ekan.
Buyurtmachi qurilish rahbariga:
— Uyimning devorlari juda-yam yupqa emasmi?
— Havotir olmang, hali devorlarga oboy yopishtirib chiqamiz!
— Uylanganimga o‘ttiz yil bo‘ldi. Faqat bir marttagina xotinim bilan fikrimiz bir joydan chiqqan.
— Qachon shunday bo‘ldi?
— Uyimizga o‘t tushganda bitta eshikdan qochib chiqqanmiz.