Qahraton qishda afandining uyiga mehmon kelibdi. Afandi issiq sandalda dutor chalib o‘tirgan ekan. Duoi fotihadan so‘ng mehmon so‘radi:
— Yangamiz ko‘rinmaydilar?
— Tashqarida o‘tin yoryapti.
— Siz issiq uyda dutor chalib o‘tirsangiz, ayolingiz sovuqda o‘tin yorsa, shuyam insofdanmi?, - debdi mehmon.
— Yangangiz dutor chalishni bilmasa, nima qilay?
Adasi to‘rt yoshli qizini uxlatmoqchi bo‘lib, alla aytib beribdi. Qizini ko‘zlari yumulganini ko‘rgan otasi:
— Uxlayqol qizim. Hozir tushingda ajoyib ertaklar ko‘rayotgan bo‘lsang kerak, - debdi pichirlab.
Qizi esa shu zahoti ko‘zini ochib:
— Yo‘q adajon. Reklama tugamadi hali, - degan ekan.
Afandining xotini homilador ekan. Vaqti-soati yetgach, tug‘ruqxonaga olib boribdi. Bir soat kutibdi, ikki soat kutibdi. Oradan uch soat o‘tgach, vrach afandiga derazadan qop-qora chaqaloq ko‘rsatib: — Tabriklayman, o‘g‘illi bo‘ldingiz!, - desa, afandi:
— Ovqatni-ku nuqul kuydirardi. Bolaniyam kuydirvaribdi, - dermish.
— Allo, bu texnika anjomlari do‘konimi? Kecha sizlardan chang yutgich sotib olgan edim. Juda kuchli ishlaydi degandingiz.
— Eshitilmayapti, qattiqroq gapiring!
— Allo, allo. Men chang yutgich qopchasini ichidaman, allo...
Bir kishi ishga kirmoqchi bo‘lib, suhbatga boribdi:
— Nechta tilni bilasiz?
— Uchta.
— Qaysilar?
— O‘zbekcha, ruscha va inglizcha.
— Ingliz tilida biror so‘z ayting-chi.
— Guten Tag!
— Axir bu nemischa-ku.
— Demak, men to‘rtta tilni bilar ekanman.
70 yoshli qari boy 18 yoshli qizga uylanibdi. Qari boyning do‘sti so‘rabdi:
— Qanday qilib yosh qizni senga turmushga chiqishga ko‘ndirding?
— Buni yo‘li oson. Men uni aldadim.
— Nima deb aldading?
— Men unga yoshim 90 da deb aytdim.
Bir o‘zbek qiz koreys yigitni sevib qolibdi. Unga turmushga chiqmoqchi bo‘lib, yigitni yuz martta suvga tiqib olibdi-da, - endi o‘zbek bo‘ldingiz. Bundan keyin kuchuk go‘shtini yemaysiz. Siz musulmon bo‘ldingiz, - debdi.
Yigit:
— Xo‘p, - debdi.
Qizni uyida kuchukchasi bor edi. Kunlarni birida qiz ishdan kelib qarasa, yigit kuchukchani so‘yib yeb o‘tirganmush.
— Axir kuchuk go‘shti yemaslikka so‘z begandingizku.
— Qo‘y go‘shti bu!
— Qanakasiga qo‘y bo‘lsin? Chapaku!
— Men uni yuz martta suvga botirib oldim. Qo‘y bo‘ldi-da!
Siz erinchoqsiz! Chunki, 456841258268. Ana ko‘rdingizmi, shu raqamlarni o‘qishga ham erindingiz.
— Ayblanuvchi Qodirov! Siz soliqlarni to‘lashdan aynan prokuror gapirib bergan usullar bilan qochganmisiz?
— Yo‘q. Lekin prokuror aytib bergan usullarni ham ko‘rib chiqish kerak, albatta.
Er og‘ir ahvolda yotibdi. Zo‘rg‘a ko‘zini ochib, tepasida o‘tirgan xotinidan so‘radi:
— Jonim, men olamdan o‘tsam, yig‘laysanmi?
— Uff, janozadan oldin atayin kayfiyatimni buzmoqchimisiz?!