— Parashyutdan sakrash necha pul?
— 500 000 ming so‘m.
— Qo‘rqinchli, parashyut ochilmasa-chi?!
— Unda pulingizni qaytarib, beramiz.
Nemis, yahudiy va rus ayollari bola tug‘ibdi.
Tug‘uruqxonada chaqaloqlar almashib qolibdi. Otalar buning chorasini ko‘ra boshlashibdi.
Nemis:
— Hay Gitler! - desa, bir chaqaloq qaddini rostlabdi.
Shunda nemis:
— Bu meniki, - deb chiqib ketibdi.
Rus ota, bir bolani qo‘liga olibdi.
Shunda yahudiy:
— Nimaga endi bu go‘dak seniki bo‘lsin?
— Nemis: "Hay Gitler" deganda, mening bolam mushtlarini tugdi, seniki esa ishtoniga o‘tirib qo‘ydi.
Maktabda e’lon: "Ota-onalar majlisi soat 3 da boshlanadi. Kirish bepul. Chiqish 5 ming so‘m."
Bir Andijonlik okaxonimiza Angliyadan qo‘lida bir chemadan pul bilan kelsa, bojxona xodimlari qiziqib so‘rashibdi:
— Aka, o‘zi Angliyaga 2 kunga borib kelgan bo‘lsangiz, qayerdan shuncha pul ishladiz?
— Kartadan yutib oldim, - dermish
— Qanaqa qilib?
— Skverda ketayotsam, 2 ta Anglichan suvara o‘ynab o‘tirgan ekan. Keyin biri manda 21 desa, ikkinchisi yutqazdim deb pul beribdi.
Men hayron bo‘lib:
— Nimaga bu kartasini ochmasayam, yutqazdim deb pul tutqazdingiz? - desam.
— Bizda djentelmenning so‘zi qonun, - deb aytdi.
Buyog‘i endi, okalar, ishanavering bo‘lib ketdi.
Er xotiniga yalindi.
— 20000 so‘m ber…
— Yo‘q, bersam yana ichib qo‘yasan.
Kechqurun xotin ishdan kelib qarasa, uyda g‘ozlar yo‘q.
— Xoy, er, g‘ozlar qani?
Shirakayf er:      
— G‘ozlar janubga uchib ketishdi. Agar 20000 so‘m bermasang, qo‘ylar ham toqqa chiqib ketishadi.
Uchta kampir gaplashib o‘tirishibdi.
Birinchi kampir:
— Yoshim 60 ga chiqdi, bittayam tishim tushmagan, tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Ikkinchi kampir:
— Yoshim 65 ga chiqdi. Sochlarim huddi yoshligimdagiday qalin, qora. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Uchinchi kampir:
— Maqtanishga boshqa narsa topolmadilarmi? To‘g‘ri yoshim silarnikidan ancha katta. 70 daman, tishlarim allaqachon to‘kilib, sochlarim ham oqarib yotibdi. Lekin haliyam man qiz bolaman. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - dermish.
Bir qiz ko‘chada ketayotsa, o‘g‘ri qizni bir qo‘lini kesib ketibdi. Militsiya xodimi kizdan:
— Nega bir qo‘lizni kesib ketishdi?
Qiz:
— Qo‘limda tilla uzuk va tilla braslet bor edida.
Militsiya:
— Nega baqirmadiz? Odamlarni yordamga chaqirmadiz?
Qiz:
— Bari tishlarim tillodan, boshimni olib ketishsa, o‘laymi? - dermish.
4 ta boyvachcha do‘stlar har kuni bitta restoranda bitta stolda ovqatlanar ekan. Har safar bitta ofitsiant xizmat qilarkan.
Ular har safar vilka, pichoqni berkitib qahvani to‘kib yuborib, ofitsiantning ustidan kulisharkan.
Bir kuni ofitsiantni chaqirib:
— Bizni kechir, senga ko‘p behurmatlik qildik. Sen bu qiliqlarimizga parvo ham qilmay xizmat qilding, -deyishibdi.
Ofitsiant:
— Bo‘pti, endi men ham qahvaga tupurmayman, idishlarni unitazda chayqamayman, - debdi.
Afandi bog‘ida o‘tin qilib, kechqurun boltasini yelkasiga tashlab ketayotgan edi, yo‘lda bir hovlidan it chiqib, Afandiga tashlandi. Afandi bolta bilan itni chopib o‘ldirdi. Itning egasi chiqib Afandini tutdi:
— It sizni talagan ekan, boltaning sopi bilan urib haydasangiz ham bo‘lar edi-ku!
— It dumi bilan qopsa, boltaning sopi bilan urar edim, beti bilan qopgandan keyin, men ham boltaning beti bilan chopdim-da! O‘zidan ko‘rsin!
Bir chol ikkinchisiga maqtanibdi:
— Eshmat, men yoshligimda qanaqa bo‘lsam hoziram xuddi shunaqaman.
— Ollaa, Toshmat, ja oshirvordin-ku.
— Ishonmaysanmi? Huu anavi xarsang toshni ko‘ryapsanmi? O‘sha toshni yoshligimdayam ko‘tarolmasdim, hoziram ko‘tarolmayman.