Toshkentlik bir yigit kichikroq qishloqda avtobusga chiqib so‘rabdi:
— Shalag‘i chiqqan bu eski aravaga chiptaning narxi necha pul?
— Odatda bir qop poxol uchun 1000 so‘mdan olamiz, — debdi haydovchi.
Maktabda ona-tili darsida o‘qituvchi:
— Xo‘sh Bozorov, siz turingchi. Sizga savol: "Men sizga yangi kostyum-shim sovg‘a qildim" bu qanday gap?
— Domlajon, shuyam qiyinmi? Bu bo‘lmagan gap, - dermish.
— Doktor men operatsiyadan juda qo‘rqaman
— Qo‘rqmang bemor bu nasib qilsa 23—operatsiyam, hech bo‘lmasa shunisi muvafaqiyatli chiqar...
Qaynona kuyoviga:
— Agar sen meni erim bo‘lganingda, senga zahar bergan bo‘lardim, - desa.
Kuyov:
— Agar siz meni xotinim bo‘lganingizda, o‘sha zaharni o‘zim ichgan bo‘lardim.
Qo‘shni ayollar ziyofatda o‘tirishib erlarini avtomashinalarga qiyoslab maqtashmoqdalar.
Birinchisi:
— Mening erim bamisoli yap-yangi Mersedes 600, darrov o‘t oladi, tekis yuradi, aytgan joyizga qancha uzoq bo‘lsa ham oxrigacha olib boradi...
Ikkinchisi:
— Meni erim BMVga o‘xshaydi, o‘ziyam ko‘rkam, rangi-ro‘yi odamni rom qiladigan, xohlagan vaqtda "bez otkaz" yuradi, yo‘lda to‘xtab qolmaydi, umuman mazza, - debdi.
Uchinchisi:
— Meni erim xuddi eski Moskvich, u yog‘idan kaltak yeb, bu yog‘idan kaltak yeb pachoq joylari ko‘p, yurgizaman desangiz darrov o‘t olmaydi, kamida 15 minut podsosini tortib turish kerak, - dermish
Choyxonada:
— To‘xtanglar, birinchi bo‘lib men ichaman.
— Nega bunday deyapsan Timur?
— Dadam ichayotganimni bilib qolibdi: "ikkinchi ichganingni eshitmay", - degan edilar...
Men shunday sahiy va yaxshi insonmanki, xatto dushmanlarimning uylarida ham to‘rtadan mashina bo‘lsin bular: 101, 102, 103 va 1050.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, dugonajon, doktor kecha menga xushxabar aytdi — men homilador ekanman!
— Tabriklayman! Sen endi bo‘lajak farzandingga ism topish bilan ovorasanmi?
— Yo‘q, hozircha... Otasining ismi ustida bosh qotiryapman!
18 yoshli qiz:
— Bu yil ham muhabbat eshigimni qoqmasa, eshikni buzib tashlayman.
Muallim o‘quvchilarga "Agar men firma direktori bo‘lsam" mavzusida insho yozishni tayinladi. Hamma insho yozish bilan band. Faqat Boltavoy jimgina o‘tirardi. Muallim Boltavoyga qarab:
— Sen nega insho yozmayapsan?
— Kotibamni kutayapman, - dermish.