Xo‘roz musiqa maktabiga hujjat topshirvoti.
— O‘qib nima qilasan? Tuppa-tuzuk qichqirasanku?
— Nima qilay, tovuqlar diploming bormi deb so‘rashayapti!!
Chekka qishloqlardan birida yashaydigan 2ta qiz Toshkentga kelib, aylanib yurishib, o‘zlari tengi qizlarni sigaret chekayotganini ko‘rishibdi. Shunda qizlardan biri:
— Qara Guli, shaharlik qizlar bemalol sigaret chekib yurishibdi. Kel, biz ham sigaret chekamiz! — desa.
Unisi:
— Qo‘ygin, Sharapat, biz o‘zgarmaylik, — desa.
Dugonasi:
— To‘g‘ri aytasan Guli, qani nosdan ol, — dermish.
— Adasi, o‘g‘limizani makaronga jo‘natganimga 3 soat bo‘ldi. Kech bo‘lib ketdi, hali ham kelgani yo‘q. Nima qilamiza endi?
— Nima ham qilardik? Bugun yana chuchvara yerkanmiz-da.
Mahallaning baloho‘ri Afandini chaqirib:
— Uyingizga osh buyuring, kazo-kazolar kelishgan, kirib chiqamiz,— dedi.
Afandi xo‘p deb uyiga kirib ketdi. Baloho‘r aytgan vaqtida kazo-kazolar bilan keldi, supaga o‘tirilgach:
— Qani, Afandi, qo‘lga suv oling,— dedi. Afandi uning qo‘liga suv qo‘ya yotib:
— Hali qozon osganimiz yo‘q — dedi.
— Nega?— dedi baloho‘r.
— Hamma narsa tayyoru kichkina bir narsaga qarab qoldik.
— Nima ekan?
Afandi uning qulog‘iga asta dedi:
— Pul!
Yoshi 90 dan oshgan kampir o‘zi tengi onaxonga:
— Xoynaxoy, men kuchli gipnozchi bo‘lsam kerak.
— Voy, qariganda bu gapni qayerdan olding?
— Aytsam ishonmaysan. Avtobusdami, Marshrutkaga chiqib, o‘tirgan yosh yigitga bir marta qarasam, tamom, darrov uxlab qoladi...
Tualetda gazeta o‘qishga odatlangan odam, kutubxonaga kirib kitob o‘qiyotganda, ishtoni og‘irlashib qolibdi.
Bir kuni ota erka qiziga debdi:
— Bor hovlilarni supur.
Qiz:
— Vooy, - debdi.
Shunda ota:
— Unda idishlarni yuvib qo‘y.
Qiz:
— Vooy
Ota achchiqlanib debdi:
— Yana bir marta voy-voylasang erga berib yuboraman.
Qiz:
— Voy-voy-voy-voy!
Xotini Telegram orqali eriga:
— Men sizdan hafa bo‘ldim, plastikiz bilan aylangani ketdim. Sizni deyarli kechirdim.
— Kecha xotinim bilan ajrashib ketishimga sal qoldi.
— Nimaga sal?
— Janjal paytida "bo‘ldi uyga ketaman" dedi, lekin ketishidan oldingi pardozini shunchalik uzoq qildiki, qayerga otlanganini unutib ham qo‘ydi.
Bir odamni ko‘ziga farishta ko‘rindi va undan so‘radi:
— Ey, Farishta 100 yil sen uchun qancha vaqt?
Farishta:
— Bir zum, - debdi.
Haligi kishi yana so‘radi:
— Bir million dollar sen uchun qancha pul?
Farishta:
— Bir tiyin.
Shunda haligi kishi:
— Menga bir tiyin ber.
Unga javoban Farishta:
— Bir zum kutgin, - debdi