Ikki dugona suhbatlashyapti. Birinchisi:
— Erim har doim avvalgi xotinini gapiradi.
Ikkinchisi esa:
— Yaxshiku, - debdi. Meni erim bo‘lsa doim bo‘lajak xotinini gapiradi.
Xotin kitob o‘qib o‘tirib javrayapti:
— Voy, sharmanda, voy dahshat!
— Ha, xotin, tinchlikmi?
— Dadasi, to‘yimizdan oldin siz menga atab yozgan she’rlaringizni qandaydir Ahad Qayum kitob qilib chiqaribdi.
— Pul bormi?
— Yo‘q.ᅠᅠᅠ
— Topsamchi?
— Sizdan o‘ta minnatdor bo‘lardim.
O‘g‘il:
— Dada menga 5000 so‘m bersangiz, kechasi oyim kim bilan uxlaganlarini aytaman.
Otaning jahli chiqib
— Mana 5000 so‘m. Oying kim bilan uxlaganini tez ayt!!!
O‘g‘il:
— Men bilan uxladilar...
Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo‘shnisi bilan ovqat yegani o‘tirdi. Bitta tog‘orachaga go‘jani qo‘yib, Afandi sherigi bilan unga non to‘g‘ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog‘orachaga to‘g‘ralgan nonni indamasdan yeyaverdi. Afandi qo‘liga mis cho‘michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi.
Afandi bo‘lsa nima qilishini bilmay aytar edi:      
— Non to‘g‘ra desang, to‘g‘ramaydi, qoshiqni qo‘lidan qo‘ymaydi, tog‘orachadan ko‘zini uzmaydi, sal narsaga o‘lib yotib oladi, shu ham sherikmi!
Futbol matchida tomoshabinlardan biri, yonida o‘tirgan yosh boladan so‘rabdi:
— Sen bunday qimmat bilet uchun pulni qayerdan olding?
— Dadam olib berdi.
— Dadang qani o‘zi?
— Uyda... biletni qidiryaptilar.
Bitta bola mast holatda, tungi klubga kirib barmenga:
— Ukam menga 1 metr aroq ber, - debdi.
Barmen hayron bo‘lib:
— Okam bizda aroqlar metrlab emas, litrlab sotiladi, - desa
— Menga 1 metr berasan, - deb turib olibdi.
Barmenni kallasi ishlab stolning ustiga bir metr uzunlikda aroq to‘kib:
— Mana oka, o‘lchab oling, - debdi
Mast bola, o‘lchab bo‘lib:
— Endi gazetaga o‘rab ber, - dermish...
Ba’zi bir semiz qizlar ozish uchun diyeta tutib, turli hil o‘tlar va ko‘katlarni yeyishadi.
Agar o‘t yeb ozish mumkin bo‘lganda edi, sigirlar model bo‘lardi...
Ikkita zubochistka o‘rmonda ketayotsa, yo‘lidan tipratikan chiqib qolibdi. Shunda haligi zubochistka sherigiga:
— Qara bu yerda ham avtobus qatnar ekan, - debdi.
Ayblanuvchi siz qabriston oldidagi velosipedni o‘g‘irlaganingizni tan olasizmi?
— Ha, men uni egasi o‘lgan deb o‘ylabman.