Bir kuni maktabda til o‘qituvchilarining kengashi chaqirilibdi. Kengashda Lotin yozuvidagi alifbodan "k" yoki "q" harflarining birini olib tashlash masalasi qo‘yilibdi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar "Q" harfini olib tashlash taklifi bilan chiqishibdi sabab yomon so‘zlar barchasi shu harfdan boshlanadi deb etishdi ular.
Metod birlashma rahbari hammani tinglab qaror qabul qilibdi, lekin chetda turgan 1 o‘qituvchi ularga qo‘shilmapti, nega unga qo‘shilmaysan deganda u:
— "Siqilib ketdim" so‘zini endi bir aytib ko‘ringlarchi debdi.
— Otangizning ichkilikda o‘lgani yetmasmidi, axir buncha ko‘p ichasiz?—so‘radi birov Timur-akadan.
— Otamni o‘ldirgan shu aroq bo‘ladigan bo‘lsa, men uni ichib tugatib yubormoqchiman! — javob berdi Timur-aka.
Bir dehqon eshak minib shaharga kelar edi. Ittifoqo eshagi xonning arki yoniga kelganida hangrab yubordi. Ark tepasida turgan xon achchig‘lanib, dehqonni darralashga buyurdi.
Hukm ijro qilindi. Ezilgan dehqon hangi eshakdan qutulish uchun uni bozorga olib kirib, Afandini ko‘rdi-da, boshiga tushgan hodisani so‘zladi.
— Qo‘y, bunga hafa bo‘lib eshagingni sotma, - dedi Afandi, - hamma eshak ham eshakni ko‘rganda hangraydi!
Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo‘shnilarni yig‘ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko‘chada sanqib yurdi, kech bo‘lganda uyga kelsa, ustidagi to‘nini yechmay turib, xotini janjal boshladi:
— Onam tug‘may o‘lsin, sizga tegib hech halovat ko‘rmadim! Odamlarning eri har ko‘chaga chiqqanda hech bo‘lmasa mozi ko‘tarib keladi, siz bo‘lsangiz so‘ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo‘lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O‘rtamizda tinch o‘tgan kun o‘sha kun edi!
— Restorandan chiqqanimni bilaman, bir bezori boshimdagi telpagimni yulib qochsa bo‘ladimi!, - deb ko‘nglini yoribdi o‘rtacharoq bir shoir.
— Tabriklayman! Kimgadir hech bo‘lmasa telpagingiz kerak bo‘pti-ku!
Sizningcha, oilada tinchlik-hotirjamlik hukm surishi uchun nimalar bo‘lishi kerak?
— Eng avvalo, sabr-toqat, mehr-muhabbat, bir-birini tushunish va albatta, uyda kamida ikkita televizor bo‘lishi kerak.
Ikki talaba suhbatidan:
— Said kecha tog‘ang aqldan ozib qolib senga 10.000 AQSh dollari hadya qilibdi deb eshittim, shu rostmi?
— Ha, o‘rtoq rost...
— Unda menga 1000 AQSh dollari qarz berib tur?
— Hoy, o‘rtoq aqldan ozgan men emas, tog‘am!!!
Yigit:
— Asalim sani sevaman, sanchi?
Qiz yerga qarab:
— Ha, albatta judayam.
Yigit:
— Voy mani iboli shirintoyim mandan uyalganingdan sevishingni yerga qarab aytdingmi?
Qiz:
— Axir o‘zingiz aytgansizku "ko‘zimga qarab yolg‘on gapirma", - deb.
Afrikada g‘ayri oddiy hodisa yuz beribdi, bir tovuq besh kilolik tuxum qo‘yibdi, buni eshitgan xo‘roz tuya qushni sudga beribdi.
Eshmat "melisa" bozordan 10 ta qo‘y sotib olib toqqa cho‘ponga oborib:
— Mana 10 ta qo‘y, mana yem xashakga pul, mana bu xizmat xaqqingiz yaxshi qarasangiz yana qo‘shib beraman, - deb qo‘ylarni tashab ketibdi.
Bir yil vaqt o‘tib cho‘ponni oldiga kelib so‘rasa, 10 ta qo‘yni ko‘rsatibdi.
Eshmat "melisa": Men sizga 10 ta qo‘yni obkelib berganimga bir yil bo‘ldi, nahotki bittasi ham tug‘magan bo‘lsa, - desa.
Cho‘pon:
— Sizni militsiyaligingizni eshitib, bitta ham qo‘chqor qo‘ylaringizga yaqinlashmadi, - debdi.