Bir yigit muzeyda tarixiy ko‘zani sindirib qo‘yibdi. Muzey xodimi:
— Bilasizmi, siz XII asr topilmasini sindirib qo‘ydingiz!
— Xayriyat eski ekan, - debdi yigit.
Afandi bozordan o‘n so‘mga ot olib kelayotgan edi, yo‘lda odamlar «necha pulga oldingiz» deb so‘rashdi. U so‘raganlarga «o‘zlaringiz chamalab ko‘ring, necha pulga olsa bo‘ladi» dedi. Birov «o‘n besh so‘mga oldingizmi?» degan edi, u «besh so‘m foyda qildim» dedi, boshqa bir kishi: «yigirma so‘m bo‘ldimi?» degan edi, «o‘n so‘m foyda qildim» deb keta berdi.
Afandi uyiga kelgach, qizi yugurib chiqib so‘radi:
— Dada, otni necha pulga oldingiz?
— Qizim, o‘zing chamalachi, necha pulga olsa bo‘ladi.
— Besh so‘mga oldingizmi?
— Qoch, qizim! Ot tepib qoladi,— dedi achchig‘lanib Afandi.
Hamkasblar ziyofatida bir shifokor qadah so‘zi boshladi:
– Bu dunyoda biz shifokorlarning dushmani juda ko‘p...
Kimdir luqma tashladi:
– U dunyoda bundan ham ko‘p.
Podsho Afandiga bir eshakni mulla qilib berasan, deb topshirdi. Afandi o‘n yil muddat bilan xizmat haqiga ming tilla so‘radi. Podsho Afandining taklifiga ko‘ndi va shunday shart qo‘ydi:
— Aytgan muhlatingda eshakni mulla qilib bermasang boshingni olaman! Afandi ham shartga rozi bo‘ldi va ming tilla bilan eshakni olib uyiga jo‘nadi. Afandi voqeani xotiniga aytib bergan edi, u juda qo‘rkib ketdi.
— Voy, sho‘rim qursin, eshak ham mulla bo‘ladimi?
— Ey, xotin! — taskin bera boshladi, Afandi,— nimaga qo‘rqasan, o‘n yilgacha kim boru kim yo‘q, yo Podsho o‘ladi, yo eshak.
— To‘ydan oldin qanaqa va’dalar bergan edingiz? — deb nozlanib so‘radi xotin.
Er o‘ylab ham o‘tirmay, dadil javob qaytardi:
— Va’dalarim esimda: osmondagi yulduzlarni olib beraman, Oyni hatto Quyoshni ham olib kaftingga tutqazaman, deganman. Lekin har yili yangi palto olib beraman, demaganman.
Bir jinni mashinasi yo‘q qo‘lida faqat rul bilan benzokolonkaga kelib:
— Hoy uka polnыy bak benziningdan quy.
Zapravkachi yigit ham bu sog‘mi kasalmi deb, jinnini yuziga qo‘lini obkelib silkitib ko‘rmokchi bo‘lsa..
— Ey, uka men senga benzin quy dedim, oynamni narigi zapravkadagilar tozalab berishdi, deyarmish.
Ikki qo‘shni suhbatidan:
— Qo‘shni ertalab uyingizdan vrach chiqib ketayotgan ekan, nima tobingiz yo‘qmi?
— Har kuni ertalab uyingizdan bitta polkovnik chiqib ketadi, men urush bo‘layapdimi deb so‘rayotganim yo‘q-ku!
Samolyot uchib ketyapti. Uchuvchi kabinasi ochilib, styuardessa kirib keldi.
— Komandir bir kishi eshikni ochinglar tushib qolaman deb janjal qilyapti, nima qilaylik, — desa.
Komandir so‘rapti:
— Qanaqa odam ekan o‘zi?
Styuardessa:
— Bilmayman, hamma joyi gips, xassa ko‘tarib olgan.
Komandir xotirjamlik bilan:
— Ha u odammi, mayli eshikni ochinglar u har doim shu yerdan tushib qolardi.
— Professor, ayting-chi, xotiningizni urishingiz rostmi?
— Yolg‘on. Men professor emasman!
Eri uyga rosa ham jahli chiqib kelibdi. Xotini ovqatni suzibdi, keyin erini ko‘nglini olish uchun:
— Xo‘jayin, ovqatim shirin chiqdimi?
— Haaa, rosa..., xuddi molni tezagiday shirin ekan, - desa.
Xotiniga ham alam qilib:
— Qoyil-ye dadasi, tatib ko‘rmagan narsangiz yo‘g‘-a.