Birinchi sinfda:
— Toshmatov, ikki karra ikki nechi bo‘ladi?
— To‘-o‘-o‘rt!
— Nega yig‘layapsan?
— Besh bo‘lishini xohlayman.
Beshinchi sinfda:
— Toshmatov, ikki karra ikki nechi bo‘ladi?
— To‘rt!
Kollejda:
— Toshmatov, haligacha bilmaysanmi!? Ikki karra ikki nechi bo‘ladi?
— O‘zingiz aytavering ustoz, qancha bo‘ladi...?
Kechadan beri telefonimga SMS keladi. Nima emish, “Zamonaviy va ozoda jamoat xojatxonalarini tashkil eting va soliq imtiyozlariga ega bo‘ling!” Zamonaviy qilib-ku qurib qo‘yishar, ammo ozodaligini qanday saqlashadi? Bechora tadbirkorlarimiz...
Tunda afandining sigirini oʻgʻirlab ketishibdi. Ertalab odamlar afandiga “Sigirni mahkam bogʻlash
kerak”, “Ayb oʻzingizda...”, “Devorlaringiz ham past!”, “Ayb oʻzizngizda... Darvozaniyam yaxshi bekitish kerak...”,
“Shunaqayam uxlaydimi odam degan!?” – deyaverishibdi. Shunda afandi ularga qarab:
— Oʻgʻriga-yam ozgina aybni qoldiringlar! - dermish.
Bir talaba ertalab mashinasida shoshib oʻqishga ketayotib, qizil chiroqda oʻtib ketibdi. Yoʻl chetida berkinolmasdan turgan GAI darrov toʻxtatibdi.
Hujjatlarni tekshira turib debdi:
— Bekorchi ekanmiz-da?!
— Ha bekorchimiz! - debdi talaba.
— Davlatni pullarini yeb yotibmiz deng...?!
— Ha, shunday! – debdi yana.
— Talaba ekanmiz-da...?!
— Bu yerda talaba faqat menman...!
Statistika qoʻmitasi xodimlari dunyoda eng keksa insonni aniqlamoqchi boʻlib, Tibetga borishibdi. U yerda bir keksa otaxon duch kelibdi. Ular
— Yoshingiz nechida otaxon? - deb soʻrashibdi.
— 150 da - deb javob beribdi.
— E-e,... Dunyoda eng keksa inson siz boʻlsangiz kerak-a? - deb quvonib turishsa, otaxon:
— Bilmadim, dadamdan soʻrab koʻray-chi?! - dermish.
Quyon shapka kiyib o‘tsa, bo‘ri “Nega shapka kiyib olding?” - deb shapaloq urar ekan. Shapkasiz o‘tsa, “Shapkang qani?” deb shapaloq urar ekan.
Quyon sherga arz qilgandan so‘ng, sher bo‘rini chaqirib, aql o‘rgatibdi:
— Sen quyonga “Sigaret olib kel”, - degin. “Gugurt qo‘shib kelmadingmi?” deb urish. Gugurt qo‘shib kelsa, “Sendan gugurt so‘radim-mi?” deb urgin, - debdi.
Buni quyon eshitib turgan ekan.
Bo‘ri quyonni sigaretga jo‘natibdi. Quyon gugurt ham olibdi-da, yashirib olibdi.
— Mana sigaret, - debdi.
Bo‘ri:
— Gugurti qani? - desa, quyon:
— Mana gugurt, - debdi. Shunda bo‘ri o‘ylanib turib “Shapkang qani?” deb bir shapaloq qo‘yib yuborgan ekan.
Xotin eriga:
— Dadasi biz yaqinda bittaga ko‘payamiz, - desa eri xursand bo‘lib ketibdi.
— Rostanmi? Juda zo‘r bo‘pti-ku! O‘g‘il ekanmi yoki qizmi? – desa, xotini:
— Onam biznikiga ko‘chib kelyaptilar, - dermish.
Ishga shoshilib chiqib ketayotgan erini xotini to‘xtatibdi:
— To‘xtang-chi adasi. Hech narsani unutmadingizmi? – debdi har kuni ishga ketishdan avval bolalari bilan hayrlashib ketishi kerakligini eriga eslatmoqchi bo‘lib...
Eri shoshib-hovliqib cho‘ntagini kavlabdi-da 10 ming chiqarib, xotiniga berib “Boshqa yo‘q, ushla! Bori shu!” deb yugurib chiqib ketavergan ekan..
Ikki kursdosh gaplashyapti:
— Ko‘ylagimni ikki kun ketma-ket yuvdim. Bugun yoqasi yana kir bo‘libdi, - desa, do‘sti:
— Yoqangni yuvgandan ko‘ra bo‘yningni yuvsang, yoqang kir bo‘lavermaydi, - dermish.
Elektron hujjat aylanishi ba’zi davlatlarda juda “samarali” ishlab kelmoqda.\nHujjat tayyorlanadi, imzolash uchun printerdan qog‘ozga chiqariladi, imzo qo‘yilganidan so‘ng yana skanerlanadi, tegishli tashkilotga yuboriladi va ushbu tashkilotda hujjat yana printerdan chiqarilib, yorliq (fishka) bilan rahbarga kiritiladi. Rahbar ko‘rsatmasi bilan qaytib chiqqan hujjat yana skanerdan o‘tkazilib, papkaga tikiladi. Haqiqatdan ham hujjat “aylanishi” ...