Kriminal xabar.
Manyak hujum qilgan qiz shoshganidan, uning yuziga sumkasidagi gaz ballonchasi o‘rniga "Сhanel no 5" atiridan sepib yubordi. Jahl bilan "Ablah! 150 dollar turadi-ya, bu atir!" deb manyakni sumkachasi bilan urib, do‘pposlab, chalajon qilib qo‘ydi...
"Google"dan izlashga berilgan g‘alati so‘rovlar:
— Ko‘zi g‘ilay odamni qaysi ko‘ziga qarab gapirish kerak?
— 1 aprel hazillaridan keyin asabni qanday tiklash mumkin?
— Pasportdagi avatarkani (suratni) qanday almashtirish mumkin?
— U menga yozishi uchun qanday status qo‘yganim ma’qul?
— Vampirni men birinchi bo‘lib tishlab olsam nima bo‘ladi?
— Men yo‘g‘imda naushniklarimni kim chigal qilib qo‘yadi?
— Allo, kompyuter ustaxonasimi?
— Ha, nima bo‘ldi?
— Kompyuterim ishlamay qoldi.
— O‘zingiz ichini kavlab ko‘ring.
— Shunday qilsam, ishlab ketadimi?
— Yo‘q! Bizga ish ko‘payadi. Daromad ham!
Meni ismim Davron. Lekin do‘stlarim mani drobovik (o‘qni sochib otadigan miltiq) deyishadi. Sababi oddiy: Meni ovqat chaynayotganimda aksiradigan odatim bor!
Taksiga o‘tirgan ayol haydovchining qoidabuzarliklari, mashinani qaltis haydashini ko‘rib, tanbeh beribdi:
— Iltimos, ehtiyotkorroq bo‘lib haydasangiz. Meni 4 ta bolam bor. Sog‘lig‘im o‘zimga kerak!
Haydovchi ayolga o‘girilib qarab:
— 4 ta bolam bor deyapsiz-u, sog‘lig‘ingiz va ehtiyotkorlik haqidagi cho‘pchakni qayerdan oldingiz?!
— Ofitsiant, nega tovuq sho‘rvani ichida tovuqni ko‘rmayapman? Nima balo, qaynayverib yo‘q bo‘lib ketdimi?
— Nega yo‘q bo‘lib ketar ekan!? Tez chayinib, chiqib ketdi...
Bir kuni toshbaqani boshini ari chaqib olibdi.
Ishib ketgan boshini kosasiga kirgiza olmagan toshbaqa o‘zicha “Bugun ayvonda yotarkanmanda” degan ekan.
Shahardan qishloqqa kelin bo‘lib tushgan qizga qaynonasi:
— Molxonaga kirib, sigirni sog‘ib chiqing, - desa, kelin tovuqxonaga kirib ketayotgan emish. Qaynonasi:
— Qayoqqa ketyapsiz? Sigirni sog‘ing desam, tovuqxonaga kirib ketyapsizmi? – desa, kelin:
— Voy oyijon, hayvonlarga-yam alohida-alohida xona qilib berganmisizlar? – dermish.
Ertalab turib maktabga ketmoqchi edim, soatga qarasam maktab tugagan ekan.