Ikkita kayfi oshib qolgan ulfatlar yarim tunda uyga qaytayotib biri debdi:
— Garov o‘ynaysanmi? Hozir meni xotinim eshikni “Jonim” degan so‘z bilan ochadi.
Ikkinchisi:
— Nimalar deyapsan? Sen o‘lgudek mastsan! Yarim tunda uyga qaytyapsan? Qanaqasiga xotining “Jonim” desin!?
— Hozir ko‘rasan! – debdi-da, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosib debdi:
— Eshikni och jonim...
Xotini bo‘lsa:
— Jonim?! Hozir ta’ziringizni beraman! – deb eshikni ochgan ekan.
Haydovchilik guvohnomasini olishga imtihon ketmoqda:
— Ayting-chi, chorrahaning bir tarafida avtobus, bir tarafida yuk mashinasi, yana bir tarafida esa mototsikl turibdi. Qaysi biri birinchi bo‘lib chorrahani kesib o‘tadi?
— Taksichilar kesib o‘tadi.
— Nima? Taksi qayerdan kelib qoldi?
— Hech qaysi haydovchi bilolmayapti bu taksilar qayerdan kelib qolayotganini!
— Tartib-intizom va tozalik xodimlarimizning eng asosiy shiori bo‘lishi kerak, - debdi korxona direktori ish so‘rab kelgan yigitga.
— Ha, albatta!
— Masalan, siz bu yerga kirishdan avval oyog‘ingizni artdingizmi?
— Artdim! Toza qilib artdim!
— Ikkinchidan, biz uchun tozalikdan ham muhim jihat - rostgo‘ylik. Korxonamiz eshigi oldida pol latta yo‘q-ku?!
Ko‘chat bozorini aylanib yurgan xaridor sotuvchidan so‘rabdi:
— Bu daraxtingiz 3 yilda olma beradimi?
— Yo‘q, - debdi sotuvchi.
— 5 yilda beradimi? – so‘rabdi yana xaridor.
— Yo‘q, - debdi yana sotuvchi.
— Unda nyechi yilda olma beradi? – desa, sotuvchi:
— Hech qachon olma bermaydi! Axir bu behi-ku! – degan ekan.
— Do‘stim, men 4G ni ayrim tashkilotlarning rahbarlariga o‘xshataman.
— Nega?
— Savlati bor-u, qiladigan ishi yo‘q!
— Do‘stim bilasanmi? Koreyslar bilan avtoinspektor xodimlarining o‘xshash tarafi nimada?
— Bilmadim. Nima ekan?
— Ikkalasi ham tayoqchada ovqatlanishadi.
Ayolingizga “Sen kimga ham keraksan?!” demang!
Hattoki, Shrekning xotiniga ham xaridorlar chiqqan...
Juda ayyor o‘g‘ri birovni xonadoniga o‘g‘rilikka kirgan ekan, uy egasi kelib qolibdi. O‘g‘ri kiyim shkafiga kirib, berkinib olgancha yarim tungacha yotibdi. Yarim tunda uy egasi uxlab yotganida sekin shkaf eshigini ochib qarasa hech kim yo‘q. Qimmatbaho shubani olib sekin chiqib ketayotgan mahal uy egasi ko‘rib qolibdi.
— Hoy to‘xta! Kimsan? Qayoqdan chiqding? – debdi.
O‘g‘ri:
— Menmi? Kiyim yeydigan kuyaman. Shkafdan chiqdim, - debdi.
Uy egasi:
— Shubani qayoqqa olib ketyapsan? – desa, o‘g‘ri:
— Uyda yeyman, - deb javob bergan ekan.
Bir tadbirkor yigitning sevgan qiziga aytgan so‘zlari:
“Sog‘lom inson yuragi nechi pul turishini bilasanmi?!
Men ahmoq sen noshukurga yuragimni “shundoq” berib o‘tiribman-a!!!”.
Bir erkak xotini bilan kafedan ovqatlanib chiqib, ro‘parasidan kelayotgan ayolni ko‘ylagini ushlab o‘tib ketibdi.
Buni ko‘rib qolgan xotini eriga:
— Bu nimasi?! Ko‘z oldimda begona ayolni ko‘ylagini ushlayapsizmi?! – deb baqira ketibdi.
Eri bo‘lsa:
— Vahima qilma xotin. Meni noto‘g‘ri tushunding. U ayolni ko‘ylagini ushlaganimni sababi, yog‘li qo‘limni ko‘ylakka artib oldim, - dermish.