Ikki kishi bir bog‘ni talashib qolibdi. Advokatga borib deyishibdi:
— Bu bog‘ meniki desam, manavi odam meniki deyapti, - deyishsa, advokat o‘ylab turib:
— Bir hafta bog‘ga ikkingiz ham kirmay turinglar, - depti.
Haligi odamlar bir hafta bog‘ga umuman kirishmabdi. Bir kuni sekin poylab kelishsa, advokat bog‘ni ichkarisida o‘g‘li bilan daraxdagi hamma mevalarni terib yurganmish.
Bola buvasidan so‘rayapti:
— Sizni yoshligingizda qo‘l telefoni bo‘lganmi?
— Yo‘q, bo‘lmagan bolam.
— Planshetchi?
— Yo‘q. U ham bo‘lmagan.
— Peydjeriz bo‘lgandir?!
— Yo‘q.
— Dinazavrlarni ko‘rganmisiz buva?
— ...
— Nima ish qilyapsan?
— Bekorchilik.
— Kechayam bekorchi eding-ku!?
— Tugamadi-de hali bekorchilik.
Uy hayvonlariga qo‘lqop bilan tegining, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving.
Oyi, sizmisiz? Nega bu rakamdan SMS yozyapsiz? Buni ustiga sizlayapsiz? Tinchlikmi oyi?
Ikki hamkasbning telefon suhbati:
— Uyda o‘tirib bilasanmi kimga o‘xshab qoldim?
— Kimga?
— Nafaqaxo‘rga. Pul yo‘q, qiladigan ish ham yo‘q!

Kambag‘allikning 3 bosqichi bo‘ladi. Bular:
1. Nonga ham pul qolmadi.
2. So‘m umuman qolmadi.
3. To‘yga deb yig‘gan dollardan maydalashni boshlash kerak.

Ishga joylashmoqchi bo‘lgan nomzod suhbatdan o‘tmoqda:
— Tajribangiz bormi? - so‘rabdi rahbar.
— Ha, bu yigirmanchi suhbatim... - debdi nomzod.

Favqulotta vaziyatlar vazirligi (MCHS) fuqarolarning telefonlariga SMS yuborish bo‘yicha rekordni Koronavirus tufayli Sog‘liqni saqlash vazirligiga (SSV) topshirdi.
— Nega ishga kech qolib kelyapsiz?
— Uydan kech chiqgandim...
— Ertaroq chiqsangiz bo‘lmaydimi?
— Ertaroq chiqishga kech bo‘lgan edi.
Bir qiz kursdosh dugonasiga gapirib beryapti:
— Kecha yigitim bilan aylanib yursak, uni avvalgi sevgan qizi uchratib qoldik. U qiz menga qarab “Mendan nimasi ortiqcha buni?” desa bo‘ladimi!
Dugonasi qiziqib:
— Xo‘sh? Sen nima deding? – so‘rabdi.
— O‘ylab o‘tirmay yigitimni ko‘rsatib “mana nimam ortiqcha” dedim.