"Supurilgan joy tozamas, axlat tashlanmagan joy toza!" degan gapni eshitgan farroshlar qo‘liga supurgi emas tayoq olib yurishibdi.
Xorijga ketayotgan erkaklar pingvinga o‘xshab borishmoqda.
Erta bahorda ketishadi-yu, qishda qaytishadi.

Elektrosetdagilarga qo‘ng‘iroq qilsak, TreylBleyzer haydab kelishyapti.

Badavlat odamdan so‘rashibdi:
— Boyib ketganingizni siri nimada?
— 10 yil ablah bo‘lganman.
— Keyinchi?
— Keyin ablah bo‘lib qolaverganman!
Do‘konga bir yigit kirib 5 kg go‘sht, 5 kg guruch, yog‘, kolbasa, qizil ikra va yana bir talay tansiq masalliqlarni sotib olsa, do‘konchi bola "Endi meni ham olib ketinglar" debdi.
Bir kuni ilon velosiped haydab ketayotgan ekan.
— Seni pul va boylikdan boshqa narsa ham qiziqtiradimi o‘zi?
— Ha, albatta!
— Nima?
— Ularni qayerdan topish qiziqtiradi.
Besh daqiqalik tarbiyaviy soat(!)dan keyin hech narsa bo‘lmaganday so‘rayapti:
— Ustoz, siz ham so‘kinar ekansiz-a?!
— Yo‘q, baraka topkur, men ona tilimizning boy imkoniyatlarini ko‘rsatdim senga...
— Qiziq do‘stim, Xitoy qanday qilib koronavirusdan qutuldi ekan-a?
— Ular pandemiyaga ham "bir oilaga 1 nafar farzand" degan shartni qo‘yishdi.
Bir kishi ko‘chadan tovuq o‘g‘irlab kelib o‘g‘liga debdi:
— Mana shu tovuqni bozorga olib borib sotib kel.
O‘g‘li ham tovuqni bozorga olib borib yo‘qotib qo‘yibdi.
Uyga qaytib kelsa:
— Tovuqni necha pulga sotding? - debdi otasi.
— O‘zini narxiga berib yubordim ota, - debdi bolasi.