— Buvijon, nega ko‘zoynak taqasiz?
— Ko‘zoynak taqmasam yaxshi ko‘rolmayman-da, qo‘zichog‘im.
— Bo‘lmasa, ko‘zoynagingizni taqmay turing, qo‘zichog‘ingiz dasturxondagi konfetlardan yeb to‘yib olsin.
Afandini saroyga chaqirishibdi. Afandi saroyga kirib qarasa, hammaning qo‘lida tuxum bor ekan.
Podsho so‘rabdi:
— Afandi sani tuxuming qani?
Shunda Afandi aytgan ekan:
— Shuncha tovuqni ichida bitta xo‘roz ham bo‘lish kerak-ku!!!
70ga kirgan otaxon duo qilib so‘rayapti:
— Menga kuch kuvvat ber, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat, - desa.
Buni eshitgan kampiri:
— Kuch quvvat so‘rayvering, to‘g‘ri yo‘lga o‘zim boshliyman, - debdi
Afandi ko‘chada bir odamni bekordan-bekorga ahmoq dedi. U odam Afandining boshiga musht o‘qtalib keldi.
— Kim ahmoq!
— Shu kelishing rost bo‘lsa, men ahmoqman,— javob berdi Afandi.
Boshingizni rosa bit bosibdi do‘stim
— Ha, xabarim bor
— Nima bilan davolayapsiz?
— Hech nima bilan, xali birorta bit kasal bo‘lgani yo‘q.
Shamolashdan o‘layotgan erkak doktordan iltimos qilibdi:
— Man sizga pul ham beraman, agar SPIDdan o‘ldi deb guvohnoma yozib bersangiz!
Doktor:
— Nima sababdan?!
— Birinchidan: bu bilan o‘zingizni oqlaysiz, axir SPID bedavo-ku. Ikkinchidan esa mening manjalaqimga bundan keyin hech kim barmog‘ini ham tekkizmaydi. U bilan 5 yil bo‘lgan jazmani esa, o‘zini osib qo‘yadi!
Yosh qizcha homilador bo‘lib qolibdi. Onasi:
— Qizim, o‘sha nobakor kim bizga ayt. Telefon nomerini ber, gaplashaman, debdi
Otasi esa:
— O‘sha itvachchani tutib olsam o‘ldiraman, deb tursa, uy oldiga "Ferrari" mashinasidan zo‘r kiyinib olgan o‘rta yoshlardagi bir boyvachcha yigit tushib kelibdi. Uyga kirib qizning otasiga:
— Amaki, uzr, qizingizga uylana olmayman, meni oyilam bor, lekin hamma xarajatlarni ko‘taraman. Agar o‘g‘il tug‘sa, 2ta zavod yana 5milion dollar beraman! Agar qiz tug‘sa, 1ta zavod, 2milion dollar beraman! Agar bolasi tushib qolsa...
Otasi:
— Agar bolasi tushib qolsa, qizimiz xizmatingizga muntazir.
Musiqa chalib uning yoqimli ovozini eshitganingizda boshqa narsalarni tamoman unutasiz. Klavishalar sizni cehrlab, xuddi o‘ziga tortib olayotganday tuyuladi.
Shu paytda: "Nonga pul bering, non olib chiqish kerak", - degan ovoz umuman notaga tushmaydi-da.
— DAN xodimi bilan Xitoylikni nima birlashtiradi?
— Ikkisini ham tayyoqcha boqadi.
Erkak kishini bir qulog‘idan kirgan gap, ikkinchisidan chiqib ketadi, ayol kishini ikki qulog‘idan kirgan gap og‘zidan chiqib ketarkan.