Bir dangasadan so‘rashibdi:
— Kun bo‘yi hech narsa qilmasdan yotaverib, zerikib, charchab ketmaysanmi?
— Qanaqasiga hech narsa qilmasdan, men har zamonda u yoqdan bu yoqqa ag‘anayman - debdi.
Operatsiyadan chiqqan bemor o‘ziga kelib, o‘ziga o‘zi debdi:
— Xudoga shukur eson-omon qutuldim.
Shunda yonida yotgan kasal:
— Hali quvonishga erta, meni operatsiya qilishganda qaychini unutib qoldirishgan — debdi.
Ikkinchi bemor:
— Menda vrachni qo‘lqopi qolib ketgandi — deb tursa
Koridordan vrachni ovozi eshitilibdi:
— Hamshirani hech kim ko‘rmadimi?
Bir kuni Aloviddin chirog‘ini ishqalabdi, hech narsa bo‘lmabdi.
Ertasiga yana ishqalabdi, hech narsa bo‘lmabdi.
Uchinchi kuni yana ishqalagan ekan, oxiri mayd in china, degan yozuv paydo bo‘libdi.
Jinnixonadagi vrachlar jinnilar endigacha davolangandir, deb o‘ylab hamma jinnilarni yig‘ibdi.
Bitta jinni gazetani ustiga o‘tiribdi. Vrachlar kelib jinnidan:
— Nimaga bunday o‘tiribsan, - desa.
Jinni:
— Boshqalardan baland o‘tiray deb, - deganmish
— Doktor, ochko‘zlikka qarshi biror malxamingiz yo‘qmi?
— Bor, xozir men sizga dori yozib beraman.
— Faqat ko‘proq, ko‘proq...
Tbilisidagi suv toshqini natijasida hayvonot bog‘idan hayvonlar qochishdi. Qochgan bir echki Odessada topilgan.
Yigit bilan bir qiz niyat bulog‘iga boribdi. Birinchi yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi. Keyin qiz niyat qilib tanga tashlamoqchi bo‘lgan ekan, suvga tushib ketibdi. Shunda yigit:
— Yo, qudratingdan, niyat qilsang amalga osharmisha - dermish.
Peshtokida «Ko‘ngil siringizni gul vositasida izhor eting!» shiori osilgan gullar do‘koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, - debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha... Men juda kamgapman!
Bog‘chaga kelgan boladan tarbiyachisi bilimini sinab ko‘ryapti:
— Qani Akmal nimani bilasan?
— 1, 2, 3, 4, 5
— Ana ko‘rdilaringmi sanashni bilar ekan, qani davom etchi,
— 6, 7, 8, 9, 10, valet, dama, korol, tuz..
Sovchilardan qizni onasi so‘rabdi:
— O‘g‘lingiz qayerda ishlaydi?
Sovchilar:
— Uzgazoilda pistoletchi bo‘lib ishlaydi..
Buni eshitib qolgan qizni otasi:
— Qizimiz sizlarniki, dermish.