Bir odam baliq oviga boribdi. Qarasa xo‘rak olishni unutibdi nima qilishni rosa o‘ylabdi va oxiri qog‘ozga chuvalchang deb yozib qarmoqqa ilib suvga tashlabdi birozdan so‘ng qarmoq qimirlabdi, uni tortib qarasa boshqa qog‘ozga baliq deb yozilgan.
2ta GAI xodimi radar bilan yo‘l chekkasida turibdi.
Bir mashina katta tezlikda uchirib kelayotgan ekan.
— Tezligi necha ekan? - deca
Sherigi:
— 50 000 so‘m.
Xalqning oldiga bir jarchi kelib:
— Hozir nima demoqchiligimni bilasizlarmi?
— Yo‘q bilmaymiz.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo‘q, - deb ketib qolibdi.
Ertasiga kelib:
— Men nima deyishimni bilasizlarmi —debdi.
Xalq:
—Yo‘q.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo‘q.
Ertasiga xalq kelishib olibdi. "Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz deymiz".
Jarchi yana eski gapini takrorlabdi. Xalq kelishganidek javob beribdi.
Jarchi:
— Unday bo‘lsa, biladiganlaringiz bilmaydiganlarga aytib qo‘ya qolsin, - deb ketvorgan ekan.
Bir kuni bo‘g‘irsoq yo‘lda ketayotsa, yo‘lidan bo‘ri chiqibdi.
— To‘xta man sani yeyman, debdi.
Shunda bo‘g‘irsoq:
— Bo‘rivoy mani yema, man tipratikanman harbiy xizmatga ketvotudim, shunga sochimni oldirib kevoman, degan ekan.
— Boltavoy, qachon darsingni qilasan?
— Kino tugagandan keyin.
— Juda kech bo‘lib ketadi-ku?
— Oyijon, o‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi, deyishadi-ku!..
Afandining 2 yoshli o‘g‘li bor ekan, u faqat "ha" degan so‘zni bilar ekan.
Afandi bozorga ketibdi, uyiga o‘g‘ri tushib boladan so‘rabdi:
— Uyingda bir o‘zingmisan?
— Ha.
— Uyingda oltin bormi?
— Ha.
— Tashqaridami?
— Ha.
O‘g‘ri qazib-qazib, charchab, jahli chiqib:
— Ey bola, sen meni aldadingmi, — desa.
Bola:
— Ha, — dermish.
Ayol:
— Nahotki, menga mo‘ynali palto olib berishga og‘rinsangiz? Ko‘cha sovuq axir, o‘lib-netib qolsam, ko‘mish uchun po‘stinga qaraganda bir necha barobar ko‘p pul ketadi-ku?
— E-e, ko‘mish bir marta bo‘ladi, xotin!
Yarim kechasi telefon jiringladi.
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo‘lsang, uxla-da, nega telefonni ko‘tarasan?!
— Restorandan chiqqanimni bilaman, bir bezori boshimdagi telpagimni yulib qochsa bo‘ladimi!, - deb ko‘nglini yoribdi o‘rtacharoq bir shoir.
— Tabriklayman! Kimgadir hech bo‘lmasa telpagingiz kerak bo‘pti-ku!
Er va xotin istirohat bog‘ida sayr qilishmoqda. To‘satdan er xotiniga debdi:
— Azizam, tezda baxtli ayol qiyofasiga kir!
— Iye, nega?
— Qarshimizdan kelayotgan hov anavi ayol — mening birinchi xotinim...