Podsho bir kuni Afandi bilan suhbat vaqtida muchal surishtirib qolgan edi, Afandi yil ag‘darib ko‘rib: «Muchalingiz it ekan» dedi. Podsho og‘rindi:
— Jahonga sher bo‘lib tanilgan bir jahongir nahot it bo‘lsa. Adashmay durustroq hisobla, xech bo‘lmasa yo‘lbars chiqar!
Afandi javob berdi:
— Ishning bu tomonini o‘ylaydigan bo‘lsangiz, siz itligingizda tura beringu maqtashni menga qo‘yib bering: muchalingiz fil, taqsir!
Afandi Podsho bilan ovga ketayotgan edi, oldilaridan quyon chiqib qoldi.
— Yuguring Afandim, ushlang quyonni,— buyurdi Podsho.
— Afandi otdan sakrab tushib quyonni quvlay ketdi. Quyon tutqich bermay qochib qoldi. Afandi harsillagancha Podshoning yoniga kelib, yelka qisdi.
— E, o‘zingizam toza noshud ekansiz—da! Shu oldiginangizda turgan quyonni ikki sakrab tutolmay... E shalviramay qoling—e!
— O‘zingiz o‘ylang axir, qorin to‘ygazish umididagi quvish bilan jon qutkazish umididagi qochish baravar bo‘ladimi?!
Uchta pashsha gaplashib o‘tirib zerikibdi. Uchchalamiz uch tomonga ketamiz va bir yildan so‘ng shu yerda ko‘rishamiz deb uchishibdi. Oradan bir yil o‘tibdi, pashshalar kelishilgan joyda yig‘ilishibdi:
Biri semirgan, ikkinchisi o‘z holatida, uchinchisi ozib ketgan ekan. Semirgan pashshadan so‘rashibdi:
— Sen qayerda bo‘lding?
— Men boy xonadonga borib ovqatni ichiga tushsam, bir kosa ovqatni surib qo‘yishardi. Mazza qilib yeb yotardim.
Ikkinchisidan so‘rashibdi:
— Senchi?
— Men shunday ovqatga uchib tushardim, bir qoshiqda olib qo‘yishardi, shuni yeb yotardim.
Uchinchisidan so‘rashibdi:
— Senchi? Nega ozib ketding?
— Men studentlarning yotoqxonasi oldiga borib qoldim, shunday ovqatiga tushsam, qanotimdan ushlab, bir shimib otib yuborishardi.
7 yoshlik bolakay o‘qtuvchisidan so‘rabdi:
— Uztoz 7 yoshda ham ota bo‘lsa bo‘ladimi?
Ustozi:
— Yo‘q, buni iloji ham yo‘q!
Shunda bolakay joyiga o‘tirib yonidagi qizchaga:
— Ana, ko‘rdingmi, sen bo‘lsa havotirlanasan, - debdi.
Doktor bemorga dedi:
— Sizga ichish, chekish, begona ayollar bilan muloqotda bo‘lish ta’qiqlanadi.
Bemor o‘zicha o‘yladi:
«Xotinim qurmagur shu yergayam kelib ketdimi deyman?»
Bir alkash barga kirib barmenga 200g quy tozasidan, - desa
Barmen hayron bo‘lib, quyibdi.
— Yonimdagi akalarga ham quy, o‘zinga ham quy!, - debdi
"Rahmat" deb, chiqib ketayotsa. Barmen:
— Pulini bering, - desa
— O‘zing ham ichdingu, - debdi
Barmenning jahli chiqib, boyagini rosa uribdi.
2 kun o‘tib barmenni oldiga kaltak yegan alkash kelib:
— Manga 200g, o‘tirganlarga 300g dan quy, - debdi.
Barmen:
— Aka man ichmimanmi, - desa
— San ichvosang to‘palon qilarkansan, - dermish.
Boshliqni xonasini tozalayotgan farrosh ayolni qulog‘i eshitmas ekan. Bir kuni tokchadagi guldon yerga tushib sinibdi. Farrosh ayol orqasiga o‘girilib singan guldonga qaragan ekan, boshliqni yuragi yomon bo‘lib qolibdi. Chunki o‘sha farrosh opa maxfiy yig‘ilishlarda bemalol xonani tozalab yuravergan ekan-da!
— Ko‘pchilik yoshlar Internetdan chiqib keta olishmayapti.
— Nega? Nima halaqit beryapti?
— Buni xohlashmayapti.
Uy bekasi kundaligidan:
Bir payt ko‘chadan bir odamcha kirib keldi, hammayog‘i loy. “Sizni o‘g‘lingizman”, deb aytdi. Yuvib tozalaganimdan so‘ng ma’lum bo‘ladi endi. Lekin ovozi o‘g‘limnikiga juda o‘xshaydi...
Fizika o‘qituvchisi Azizga yer shari qanday aylanishini tushuntirib beribdi.
Aroqxo‘r qo‘shnisi Toshpo‘lat aka esa Azizga yer nima uchun aylanishini gapirib beribdi.