Bemorlar haqida latifalar
— Yaxshi-yam jinnixonada yotgan ekanman..., - desa, ikkita vrach unga qarab:
— Sog‘aya boshlaganga o‘xshaydi, - dermish.
— Jigarrang bo‘yinbog‘ taqib yuring, rangi mos keladi.
— Xo‘sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og‘riyaptimi?
— Yo‘q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o‘zim...
— Tushunishimcha sog‘lig‘ingiz to‘g‘risida bilmoqchisiz?
— Yo‘g‘e-e-e! Ertalab televizorni qo‘ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim...
— "Pulsizlik" kasalligi bilan og‘riyapsiz, bemor!
— Nima bo‘ldi, shikoyatingiz? - deb so‘rasa, haligi odam:
— Kecha og‘aynilarim bilan bolalarni sog‘ligi uchun ichdik, ayollarimizni sog‘ligi uchun ichdik, qo‘shnilarni sog‘ligi uchun ichdik, oxiri negadir o‘zimni sog‘lig‘im yomonlashdi, - dermish.
— O‘zimni ikkita doktorga ko‘rsatgan edim, ikkalasi ikki hil maslahat berdi, biri dengizga bor deydi, ikkinchisi piyoda yur deydi.
— Unda dengizga piyoda bora qoling,— dyedi Afandi.
— Mana bu hamma dorilarni har kuni uch mahal ovqatdan keyin bir hafta davomida ichasiz.
— Nimalar deyapsiz, doktor?! Buncha ovqatni qayerdan topaman?
— Doktor, nega menga muolaja qilish o‘rniga, hamkasbingiz bilan kulib gaplashib turibsiz? - desa, shifokor:
— Kulgu - eng yaxshi da’vo! Men sizga aytsam...!
— Kimga qanaqa.
— Bu nima deganiz?
— Bemorlarga seziladi, menga esa yo‘q
— Qornim og‘riyapti, dori bering, - desa, doktor shoshilganidan itiga olgan dorini berib yuboribdi.
Bir haftadan keyin boyagi bemor yana kelib:
— Doktor, menga bergan doringizni nomi nima edi? Hech qaysi dorixonadan topa olmayapman, - dermish.