Bemorlar haqida latifalar

Shifokor qabuliga kelgan bemor:
— Judayam semirib ketyapman. Nima qilsam bo‘ladi?
— Jismoniy mashqlarni ko‘proq bajaring!
— Shundoq ham ishga piyoda borib-kelaman.
— Bu kamlik qiladi. Ertalab va kechqurungi tiqilinch vaqtda avtobusga chiqib turing!
Ikkita vrach suhbatlashmoqda:
— Bilasizmi, men bemorimda ultratovush tekshiruvi o‘tkazib shunday diagnoz qo‘ydimki, u 1 oydan ortiq yashamasa kerak deb o‘ylagandim. 1 yil o‘tdi, soppa-sog‘ yuribdi...
— Ko‘rdingizmi? Inson yashashni istasa, siz bilan meni diagnozlarim bir tiyin ekan.
Vrach qabuliga kelgan bemordan so‘rabdi:
— Yoshingiz nechida?
— 50 ga kirdim.
— Farzandlardan nechta?
— 3 ta.
— Hammasini to‘yini ko‘rganmisiz?
— Ha, doktor! Lekin savol-javobingizdan qo‘rqib ketyapman. Kasalim jiddiymi?

Shifokor ko‘rigida:
— Ayting-chi doktor, menga shu pullik operatsiyani qilish zarurmi?
— Albatta! Bu operatsiyasiz umuman Amirsoyga borib bo‘lmaydi.
— Men Amirsoyga borishni xohlamayman!
— Siz haqingizda gapirmadim...

Psixiatr vrachdan do‘sti so‘rabdi:
— Nimaga sen bemorlaringdan qanday mashinasi borligini so‘rayapsan? Buni kasallikka nima aloqasi bor?
— Eh do‘stim, shunga qarab bemorimdan qancha pul olishni mo‘ljallayman-da!
Bemorni shikoyatlarini eshitib o‘tirgan vrach hadeb "Yaxshi, yaxshi" deyaveribdi.
Bemor:
— Men dardimni aytsam, siz nimaga nuqul yaxshi deyaverasiz? - desa, vrach:
— Sizga o‘xshagan bemorlarni qabulimga kelib turgani yaxshi-da! - degan ekan.