Bemorlar haqida latifalar

Psixolog mijozga:
— Eng yomon ko‘rgan odamingizga xat yozib, uni yoqib yuboring.
Mijoz:
— Xo‘p bo‘ladi. Xatni-chi, xatni nima qilay?
Bir bemor shifokorga kelib:
— Yordam bering. Meni qulog‘im og‘riyapti. Narigi xonadagi vrachlar qulog‘ingizni kesamiz deyishyapti...
Shifokor:
— Tavba, nega unday deyishadi. Qo‘rqitib yuborishibdi-ku sizni!!! Men sizga bir dori beraman. Uch kun ichasiz.
Bemor:
— Keyin kesishmaydimi qulog‘imni?
Shifokor:
— Yo‘q. Quloqlaringiz o‘zi uzilib tushadi...
— Yo tavba, qaytar dunyo deyishgani rost ekan! , - dermish stomatolog hamkasbiga.
— Nima bo‘ldi?
— O‘tgan hafta menga jarima solgan DAN xodimi bugun o‘z oyoqi bilan yonimga keldi. Og‘riqsizlantiruvchi dorini tejamoqchiman ...
Shifokorlar xonasida jarrohlar choy ichib suhbatlashib o‘tirishgan edi. To‘satdan xonaga yosh jarroh hovliqib kirib keldi:
— Iltimos, yordamlashvoringlar! Operatsiya xonasida bemorning qornini yorib qo‘ydim, endi u yog‘ini nima qilishni bilmayapman.
— Vrach qabuliga yozilsam bo‘ladimi?
— Ha albatta. 20000 to‘lashingiz kerak.
— Bepul vrachga kirmoqchiman!
— Marhamat, ikki oy navbatingizni kutasiz.
— Ikki oy kutolmayman. Kelishaylik...
— Mayli kelishamiz, 20000 bo‘ladi.
Ikkita jinni kasalxona tomiga chiqib olib, — “O‘n bir, o‘n bir”, - deb baqirar emish. Bosh vrach pastda turib:
Hoy, nega baqiryapsizlar?, - desa, jinnilar:
— Bu yoqqa chiqing, aytamiz, - deyishibdi.
Bosh vrach tomga chiqishi bilan, jinnilar uni pastga itarib yuborishibdi-da:
— O‘n ikki, o‘n ikki, - deb baqira boshlashibdi.
Bir ayol shifokor ko‘rigida:
— Doktor, tosh oynaga qarab o‘zimni ko‘rsam ko‘nglim aynayapti. Bu nimadan ekan-a?
— Demak, ko‘zingiz juda yaxshi ko‘radi.
Bemor shifokorga murojaat qildi:
— Men tobora eshitish qobiliyatimni yo‘qotayapman, so‘nggi paytda hatto o‘z yo‘talimni ham eshita olmayapman.
Shifokor unga dorilar ro‘yxatini yozib uzatdi va dedi:
— Mana shu dorilarni kuniga uch mahal iching...
— Keyin yaxshi eshitadigan bo‘lamanmi?
— Yo‘q, qattiqroq yo‘talasiz.
Vrach bemordan:
— Sizga nechi pullik narkozdan qilay?
— Eng arzonidan!
— Alla, alla, alla-yo...
— Doktor men operatsiyadan juda qo‘rqaman
— Qo‘rqmang bemor bu nasib qilsa 23—operatsiyam, hech bo‘lmasa shunisi muvafaqiyatli chiqar...