Bemorlar haqida latifalar

Bemor:
— Doktor meni jigarim og‘riyapti
Shifokor:
— Hozir tekshirib ko‘ramiz, birontasi bilan urushganmidiz?
Bemor:
— Ha, kecha 5tasi bilan urushgandim.
Shifokor:
— Ana bo‘lmasam o‘zingiz nozik bola ekansiz qanday urushdingiz?
Bemor:
— Hamma qatori.
Shifokor:
— Qayerda urushdinigiz?
Bemor:
— Gruppada!....
Bemor kasallik varaqasini vrachga berdi. Vrach uni varaqlab:
— Ishlar chatoq, ahvol og‘irga o‘xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo‘ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo‘rqib so‘radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko‘zoynaksiz o‘qiy olmayapman...
Bemor:
— Doktor, sog‘ligim joyida emasga o‘xshaydi! Endigina qirk yoshni qoraladim, lekin ko‘zguga qarashga qo‘rqaman! Tepakalman, ko‘zlarimning osti osilib qolgan, yuzimni ajin bosgan, tishlarim to‘kilib ketgan! Menga nima qilgan, a?
Doktor:
— Anig‘ini aytolmayman... Balki hammasi siz o‘ylaganchalikmasdir... Nima bo‘lganda ham, ko‘zingiz o‘tkir ekan!
— Doktor, manavi dorilar rostdan ham menga yordam beradimi?
— Albatta. Bu dorini olgan bemorlar shu paytgacha oldimga qaytib kirishmagan.
— Shikoyatingizga tushundim, - dedi psixiatr bemorga.
— Demak, alaq-chalaq tushlar ko‘rasiz. Sizni qandaydir yovuz kuchlar ta’qib qiladi, tutib olib uradi. Bu ham yetmaganday baqirayotganda uyg‘onib ketasiz-u bu dahshatlardan qutulasiz, shundaymi?
— Hamma gap shunda-da, do‘xtir, - dedi bemor yig‘lamsirab. Dahshat to‘xtamaydi, davom etadi. Uyg‘onishim bilan “yalpayib yotavermasdan tursangizchi, bolani bog‘chaga olib borishingiz kerak!” - degan chinqiriqni eshitaman.
Seriallarni ashaddiy muxlisi bo‘lgan qari onaxon tobi qochib uyga vrach chaqirtiribdi.
Vrach onaxondan:
— Nima dorilar ichyapsiz? – deb so‘rasa, onaxon adashib har kuni ko‘radigan seriallarini vaqtlari yozib qo‘ygan qog‘ozchani stol ustidan olib vrachga uzatibdi. Vrach o‘qiyotganmish:
— Zaharli tomchilar – soat 8.00 da, Parchalangan yuraklar – soat 9.00 da, ...
Afandi vrach bo‘lib ishlar ekan.
Bir yigitni boshi og‘rib Afandini yoniga borib debdi:
— Boshim og‘riyapti, - desa, Afandi uni orqasiga ukol qilib qo‘yibdi. Yigit:
— Nega boshim og‘risa, orqamga ukol qildingiz? – deb so‘rabdi.
Afandi:
— Shu ukol boshinggacha chiqib boradi, - dermish.
Kasalxonada yo‘lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g‘amgin holatda gap boshlabdi:
— Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o‘n yil yashashi mumkin.
Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig‘lab yuborishiga bir bahya qolganini ko‘rib:
— Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach.
— Doktor, tushimda men odamxoʻr emishman. Oʻzimga oʻxshaganlar bilan bir qabila boʻlib yasharmishman. Bir kuni huddi xotinimga oʻxshagan ayolni yeb qoʻyibmiz.
— E, havotirga oʻrin yoʻq. Tushga nimalar kirmaydi deysiz?!
— Toʻgʻri-ku-ya, lekin uch kundan beri xotinimni topa olmayapman...
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.