Doʻstlar haqida latifalar
— Ha! Faqat jinnixonaga!
— Do‘stim endi nima qilamiz? Qo‘l qovushtirib o‘tirish jonga tegdi!
— Unday bo‘lsa oyoqni uzatib yotamiz!
— Yaxshi qiz, go‘zallik salonidan kelyapsizmi?
— Ha.
— Salon yopiq ekanmi?!
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
— Ishsizmisan? Nega nuqul dam olib yuribsan?
— Nega? Ishlayapman. Ish men uchun bayram. Bayramda esa insonlar dam olishadi.
— Oziq-ovqatda-da. Nimada bo‘lardi. Oylik oldim deguncha, bir oylik oziq-ovqat sotib olaman-da va tamom.
— Umringda xotiningni urganmisan?
— Faqat himoyalanayotganda.
— Yo‘lda ketayotsam, osmondan oldimga "Tap" etib qurbaqa tushdi.
Yerda yotgan toshga urildi-yu, go‘zal qizga aylanib qoldi.
— Chiroyli qizmi?
— Ha, juda-yam...
— Aqillimi?
— Ha, dono!
— Unday bo‘lsa, yerdagi toshga juda qattiq urilgan ekan-da...
— Bilasanmi, hammani fikri har xil... Onamga, xolamga, ammalarimga yoqdi, menga esa yo‘q!
— Do‘stim bilasanmi, kecha shunaqa “ketvorgan” negr qiz bilan tanishdim... Qaddi-qomati kelishgan, sochlari jingalak, o‘zi shirinso‘z, ...
— Xo‘sh keyin nima bo‘ldi?
— Keyin biz tungi klubga bordik. Klub ichkarisi juda-yam qorong‘i ekan jin ursin!
— Nima bo‘ldi?
— Qorong‘ida uni yo‘qotib qo‘ydim.