Hayvonot haqida latifalar
— Siz suv tagida gapira olarmidingiz ustoz?
— Albatta tovuq!
— Nimaga?
— U xo‘rozni chap qovurg‘asidan yaralgan.
Birozdan keyin uydan kuchuk chiqib kelibdi-da:
— Ko‘rmayapsanmi, uyda hech kim yo‘q! - debdi.
Haligi odam hushidan ketib qolibdi. O‘ziga kelib qarasa, kuchuk haliyam turgan ekan.
— Sen gapirasanmi? Boshqa kuchuklarga o‘xshab vovullashni bilmaysanmi? - desa, kuchuk:
— Bilaman. Seni qo‘rqitgim kelmadi-da, - dermish.
— Sigirlarga qarab o‘tiringlar, - debdi bolalariga.
Ishdan qaytsa, sigirlar och qolgan emish.
— Nega sigirga hashak bermadinglar? - desa, bolalari:
— Unaqa deb aytmadingiz. Qarab o‘tirdik faqat, - deyishibdi.
Ikkita eshak uchrashib qolibdi.
— Ishlaring yaxshimi?
— Yaxshi. O‘zingniki-chi?
— Xo‘jayinim o‘g‘lini har kuni so‘kadi. Xotinini va meni aralashtirmasdan so‘ksa bo‘ladi-ku!
— Ba-a-a, - debdi biri.
— Ma-a-a, - debdi ikkinchisi.
— Nega “Ma-a-a” deyapsan? – debdi birinchisi.
— Chet tilini o‘rganyapman, - deb javob beribdi qo‘y.
Filni ustiga bir amallab chiqib olgan chumoliga pastdagi sheriklari baqirayotganmish:
"Filni tomog‘idan bo‘g‘!"