Janjal haqida latifalar

Eridan qattiq ranjigan xotin:
— Hech bo‘lmasa uzr so‘rasangiz bo‘lardi...
— Xo‘p, uzr. Kechiraqol!
— Boshimga uramanmi uzringizni?! Kimga kerak kechirim so‘rashingiz?!
Bir erkakning xotini erini jahlini chiqaraveribdi. Oxiri eri uni kaltaklashni boshlabdi.
Shu payt ko‘chadan yoshi ulug‘ mo‘ysafid o‘tib ketayotib, bu janjalni ko‘rib qolibdi va debdi:
— Hoy, nega sen ayolingni bunchalik kaltaklayapsan? Agar xotinni tarbiyalamoqchi yoki jazolamoqchi bo‘lsang, xotin ustiga xotin ol! Shunda ko‘rasan!
Er mo‘ysafidni gapini eshitib tursa, xotini:
— Bu cholni gaplarini umuman eshitmang adasi. Uring, uravering! – degan ekan.
Ikkita kal odam bir-biri bilan janjallashmoqda:
— Seni boshing kal!
— Sen ham kalsan!
— Sen mendan kalroqsan!
— Qanaqasiga? Seni boshingda ham bir dona soch yo‘q-ku!?
— Lekin seni boshing menikidan kattaroq!!!
Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo‘shnilarni yig‘ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko‘chada sanqib yurdi, kech bo‘lganda uyga kelsa, ustidagi to‘nini yechmay turib, xotini janjal boshladi:
— Onam tug‘may o‘lsin, sizga tegib hech halovat ko‘rmadim! Odamlarning eri har ko‘chaga chiqqanda hech bo‘lmasa mozi ko‘tarib keladi, siz bo‘lsangiz so‘ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo‘lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O‘rtamizda tinch o‘tgan kun o‘sha kun edi!
Er xotiniga debdi:
— Xotin, ishdan kelganimda do‘ppim peshonamda turgan bo‘lsa, demak kayfiyatim yaxshi. Istagan narsangni so‘rashing mumkin. Agar do‘ppim boshimni tepasida bo‘lsa, kayfiyatim yomon. Yaxshisi myenga yaqinlashma!
Xotini eriga qarab turib:
— Dadasi, uyga kelganingizda meni qo‘llarim belimda bo‘lsa, kayfiyatim chatoq. Sizni do‘ppingiz qayerda ekanini farqi yo‘q menga, - degan ekan.
Kecha erim bilan urishib qolib unga:
– Eng kerakli narsalaringizni oling-da, uydan yo‘qoling! – deb baqirsam, erim chemodanini ochib, yonimga kelib meni chemodanni ichiga sola boshladi. Qanday qilib uni kechirmay bo‘ladi...?!
Er va xotinning ajrashib ketishiga faqat er sababchi emas! Unutmang, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Qaynona-chi, u ham aybdor!
Er xotin janjallashib qolishibdi. Bir soat o‘tgach, axiyri xotini eriga qarab:
— Dadasi bilmaysizmi eshak qancha umr ko‘rib, keyin o‘ladi, - desa
Eri:
— Nima mazang qochyaptimi, - dermish
Xotin erdan arazlab onasinikiga ketib qoldi. Lekin ko‘p o‘tmay qaytib kelib eriga:
— Meni kechiring, - deb yolbora boshladi.
Erning fig‘oni falakka chiqdi:
— Ketib qolganingni kechirishim mumkin, ammo qaytib kelganingni u dunyo, bu dunyo kechirmayman!
Qizim, nega idish tovoqlaring sinib yotibdi?
— Kuyovingiz bilan urishib qoldik.
— Divanning oyoqlari nega sinib yotibdi?
— Kechqurun kuyovingiz bilan yarashib oldik...