Janjal haqida latifalar
— Iye, zo‘r-ku! Tabriklayman! Xotining xursandmi?
— Xotinimga hali aytganim yo‘q. Bilsa, o‘ldiradi meni.
— Bunday ablah bilan yashashdan to‘yib ketdim. Ichadi, chekadi, uyda har kun janjal.
Dugonasi:
— U bilan ajrash, tamom! - debdi.
Ayol:
— Aslo unday qilmayman! U mendan qutulib mazza qilib yashasinmi?! - degan ekan.
— Kim bu?
— Siz meni tanimaysiz. Lekin men sizni taniyman. Hozir sizga 2 ta yomon yangilik aytmoqchiman.
Bizlarni erimiz uchinchi xotinga uylanib olibdi.
— Hayotimdan zerikdim. Yorqin, qiziqarli voqealar yetishmaydi!
— Sayyohatga boring, - debdi psixolog.
— Yer sharini yarmini aylanib chiqdim. Bu ham mayli vertolyotda uchib, paroshyutdan sakradim. Xullas hamma narsa qilib ko‘rdim. Biror o‘zgarish bo‘lishini xohlayman, - debdi kishi.
— Unda, - debdi psixolog, - ikkinchi xotin oling.
— Ikkinchi xotinim ham bor, - debdi kishi.
— Bu gapni endi birinchi xotinga ayting. O‘shanda hayotingizda katta o‘zgarishlar bo‘ladi.