Janjal haqida latifalar

Bir ayol nuqul eri ishdan kelsa, erining ust-boshidan soch tolasi topib olib rosa janjal qilaverarkan.
Kunlardan bir kun erining kiyimidan soch topa olmabdi. Shunda eriga:
— Ha, qurib ketsin! Kuningiz kal ayollarga qoldimi!? - dermish.
Mini yubka kiyib olgan bir qiz avtobus zinasiga chiqa olmayapti, oyog‘ini ko‘tarsa, yubka torlik qilayotgan ekan. Keyin yubkasini orqa tugmasidan birini yechibdi-da, chiqmoqchi bo‘lgan ekan, uddalay olmabdi, keyin yana bittasini yechibdi. Baribir chiqa olmabdi.
Keyin uchinchisini ham yechgan ekan, orqada turgan bir yigit uni belidan ko‘tarib, avtobusga otib yuboribdi.
Shunda qiz:
— Hov shilqim, hammani oldida meni belimdan ushlashga uyalmaysanmi, — desa
Yigit:
— O‘zing meni shimimni tugmalarini yechishga uyalmaysanmi, — dermish
Ikki futbol muhlisi restoranga kirib, ichishib, mast bo‘lib qolibdi-da, tortishib ketishibdi. Birinchisi o‘rnidan turib debdi:
— Messi dunyodagi eng kuchli futbolchi. Eng tezkor texnikali. Bir o‘zi hammani aldab o‘tadi.
Ikkinchisi o‘ylanib o‘tirib:
— Ronaldoga o‘xshaydi deb qo‘yaqol, - dermish.
Ishxonaga yuzlari tirnalgan erkak kirib kelibdi. Bu ahvolni ko‘rgan do‘sti undan:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rasa,
— Xotinim! - debdi.
— Xotining onasiniki ketgan deb o‘ylagandim?!
— Men ham shunaqa deb o‘ylagandim...
Qiz va yigit arazlashib qolibdi:
— Oling mana uzugingiz. Menga boshqa qo‘ng‘iroq qilmang, - deb o‘girilib ketayotgan qizning orqasidan yigit baqiribdi:
— Hoy!!!
Qiz yurib ketayotib, hozir kechirim so‘raydi, to‘xtatib yalinib-yolvoradi, deb o‘ylasa, bir payt yigitning tovushi eshitilibdi:
— Uzukni shkatulkada bergandim, qani???
Er-xotin janjallashayotib er:
— Aybimni tan olaman. Bo‘ldi, men eshshakman! Yana nima istaysan...?
Xotin:
— "Ia" deb baqiring!
Salim maktabdan uyga kiyimlari yirtilgan, hamma yog‘i iflos ahvolda kirib kelibdi. Uni ko‘rgan otasi so‘radi:
— Senga nima bo‘ldi?
— Azim bilan urishdim.
— Bundan chiqdi, endi senga yangi kiyim sotib olish kerak ekan-da?
— Bu qiyin emas, dada. Ammo Azimning dadasi yangi bola sotib olishiga to‘g‘ri keladi...
Bir oylik kelin ota uyiga arazlab keldi. Otasi so‘rabdi:
— Yana nima bo‘ldi qizim?
— Erim bilan urishib qoldim.
— Har safar qaynonang bilan urisharding-ku?
— Qaynonam shuncha javrasam ham indamay qo‘ydi, man ham kim bilandir gaplashishim kerak-ku.
Bolakay adasidan so‘rabdi:
— Ada, aql bilan ayyorlikning farqi nimada?
— Aql ko‘chadagi ishkalni tinch hal qilishga yordam beradi. Ayyorlik esa ishkaldan chiroyli chiqib ketishga yordam beradi. Eng yaxshisi – donishmandlik.
— U nima?
— Ko‘chadagi janjalga aralashmaslik degani o‘g‘lim.
Bir kuni ikkita jinni qorni ochib o‘ylanib o‘tirishgan ekan, biri debdi:
— Qani endi bitta non bo‘lsa, men bitta tishlardim, sen bitta tishlarding, men bitta tishlardim, - desa sherigi:
— Sen nega ikki martta tishlayapsan? - deb urishib ketibdi.