Janjal haqida latifalar

Shifoxonada:
— Jag‘ingiz qanday sindi?
— Ishda jarohat oldim.
— Uch joyidan sinibdi-ya o‘ziyam. Nima ish qilasiz?
— Ekskavatorchiman. Kecha ishdan qaytayotsam, yo‘ldagi kanalizatsiya qopqog‘i ochilib yotgan ekan. Birortasi tushib ketmasin deb, ekskavator cho‘michini tuynukka qo‘yib, uyga kirib ketdim. Ertalab kelib cho‘michni ko‘tarsam, kanalizatsiyadan uchta santexnik chiqib kelishdi...
Xotini ota-onasini uyidan xomush qaytib kelib, erini yoniga o‘tirib unga debdi:
— Otamni biznesi muvafaqqiyatsizlikka uchradi. Endi umuman pulsiz qoldilar...
Eri bu gapni eshitib, jig‘ibiyron bo‘la boshlabdi:
— Bilardim, otang bizni ajratish yo‘lini baribir topishlariga ishonchim komil edi...!
Ikki og‘a-ini suhbatlashmoqda:
— Eshitishim-cha xotining mashinasini urib olganmish...?!
— Ha.
— O‘zi-chi, tirikmi ishqilib?
— Hozircha tirik..., Hammomda, berkinib o‘tiribdi...
Kollej orqasidagi stadionda 1ta yigitni 2ta yigit rosa do‘pposlab tursa, qari otaxon kelib:
— Iye, nega bu bolani uryapsilar? - desa, yigitlar:
— Otoxon qo‘shiq eshtasizmi? - deb so‘rashibdi.
— Ha, - debdi otaxon.
Shunda yigitlar:
— Qo‘shiqni mazza qilib eshtayotganizda "OQ AYIQ.UZ" deydigan bola shu bo‘ladi, - deyishsa, otaxon hassasini ko‘tarib:
— Yaxshilab ur, yaxshilab! - dermish.
— Sen echkisan! Istasang, hozir isbotlab beraman.
— Isbotla-chi?!
— Chelakdan suv ichasan-mi?
— Yo‘q!
— Ana ko‘rding-mi? Shoxlaring xalaqit beradi-da...!
Xotin huddi DAN xodimiga o‘xshaydi. Bosh og‘ritib gapiradi, pulingni oladi, kayfiyatingni buzadi... Eng yomoni — baribir ayb topadi!
Er xotiniga baqirdi:
— Tamom, sen bilan ajrashaman! Menga xiyonat qilding!
— Nega menga baqirasiz? Sizga xiyonat qilmadim! Kecha e’tiboringiz uchun dugonam Adolatnikida tunaganman, tuzukmi!?
— Yolg‘on gapirma, ojiza! Adolatnikida kecha men tunadim, seni u yerda ko‘rganim yo‘q!
Bir ayolni uyiga dugonasi mehmonga kelibdi.
Haliga ayol kichkina o‘g‘liga:
— Bolam, xolajoningni o‘pib qo‘ymaysanmi? – desa, bolakay:
— Yo‘q, - debdi.
— Nega o‘g‘lim? – deb so‘rabdi onasi.
Bolakay:
— Hozir adam o‘pib qo‘ygan edilar, xoladan shapaloq yeb oldilar, - dermish.
Notanish raqamdan qo‘ng‘iroq:
— Labbay, eshitaman.
— Allo, kim bu?
— Kim kerak sizga?
— O‘zi kim bu?
— Uzr, kimni chaqiray?
— Kim bu deb so‘rayapman...
— Qo‘ng‘iroq qilgan siz-ku! Kimni chaqiray?
— Esh-sh-sh-shak!
— Uzr, bu yerda qarindoshlaringiz yashamaydi. Adashib tushdingiz, xayr!
Ishxonada birga ishlaydigan juvon erining suyuqoyoqligidan nolib gapirib, u bilan ajrashmoqchi bo‘layotganini aytgan ekan, dadam uni fikridan qaytarishga urinibdi:
— O‘ynash degani nosga o‘xshagan bir narsa, humori tutganda chekiladi-yu, keyin tuflab ketilaveradi, singlim. Ming marta shukur qilingki, siz eringizning nosqovog‘isiz.