Er-xotin urishib qolibdi. Ikkalasi ham hecham gaplashmas ekan. Bir kuni eri vaqtliroq ishga ketishi kerak ekan, yotishdan oldin, qog‘ozga "Ertalab soat 7:00 da uyg‘ot!", deb yozib xotinining yostig‘i tagiga qo‘yibdi. Er ertalab uyg‘onsa soat 9:00 bo‘lganmish. Jahli chiqqan er darg‘azab bo‘lib, o‘zini yostig‘ini ko‘tarsa, bir parcha qog‘oz, qog‘ozda esa "Turing, soat 7:00 bo‘ldi!", deb yozilgan ekan.
Bir ayolni bir bolasi bor ekan. U erga tegibdi. Erini ham bir bolasi bor ekan. Oradan yillar o‘tibdi va ular farzandli bo‘lishibdi. Bir kuni 3 bola urishibdi. Buni ayol ko‘rib, eriga shunday degan ekan:
— Sizniki, Meniki bilan birgalashib Biznikini urishyapti.
— Bo‘ldi, xotinim bilan ajrashaman!
— Nega? Nima bo‘ldi?
— Tuni bilan klubma-klub izg‘ib yuradigan xotinni menga keragi yo‘q!
— Kechasi klublarda nima qiladi xotining?
— Meni qidiradi-da...!
Shoshilinch yordam shifoxonasi. Vrach kelgan kasallarni ko‘ra boshladi. Hammasi bosh jarohati bilan.
Birinchi kasaldan so‘radi:
— Nima bilan urishdi?
— Skovorodka bilan...
Ikkinchisidan so‘radi:
— Siznichi?
— Skovorodka bilan...
Uchinchisi ham, 4-si ham, 5-ham shu javobni berdi.
— Nima balo epidemiyami bu? - hayron bo‘ldi vrach.
— Yo‘q, hov anavi komada yotgan odamni ko‘ryapsizmi? O‘sha xotinidan qochib yig‘ilib turgan odamlar orasida yashirinmoqchi bo‘ldi. Odamlar esa biz edik..
Ikki o‘rtoq ta’qiqlangan joyda baliq tutib o‘tirsa, tekshiruvchilar kelib:
— Ov qilishga ruxsatnomangiz bormi? - desa, bittasi o‘rnidan turib, qocha boshlabdi. Tekshiruvchi uni quvlab, yetib olibdi-da:
— Nega qochasan? Hujjating yo‘q-mi? - degan ekan, u yigit ham, — Meni hujjatlarim joyida. Do‘stimni ruxsatnomasi yo‘q edi-da, - dermish.
— Internetga kirib "Chiroyli, aqilli, qaddi-qomati kelishgan, mehribon qiz bilan tanishmoqchiman" deb yozib o‘tirsam, bir zumda orzuimdagi go‘zal orqamga kelib qolibdi. Faqat qo‘lida o‘qlov bilan kompyuterimga qarab turgan ekan...
Yaxshi qiz, men bilan kinoga tushasizmi?
— Mayli...
— Yigitingiz rashk qilmaydimi ishqilib?
— Meni yigitim yo‘q. Uni erim konsertga birga tushganimiz uchun urib o‘ldirib qo‘ygan!
Xotin eriga baqiryapti:
— Sizga xizmatkor bo‘lish jonimga tegdi, ajrashaman.
— Yo‘q, sen bo‘shatilding!
Tongda uyga kirib kelgan eridan xotini so‘rabdi:
— Kecha qayerda tunadingiz?
— Nodirnikida.
Xotini tezda Nodirga telefon qilib:
— Erim kecha sizlarnikida tunadimi?
— Ha, hozir ham uxlab yotibdi.
Bir erkak do‘stiga maqtanibdi:
— Kecha xotinimni urishib berdim.
— Yug‘-ye, sen-a?
— Ha-da. Uylarni yig‘ishtiring, deb ish buyuryabdi.
— Xo‘sh?
— Yo‘qol ko‘zimdan, hali kirlarni yuvib bo‘lganim yo‘q, - dedim.