Ovqatlanish haqida latifalar

Oyisi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Oshxonada ikki bo‘lak tort bor edi. Hozir uning bir bo‘lagi qolibdi. Buni menga tushuntira olasanmi?
O‘g‘li:
— Albatta tushuntiraman oyi. Qorong‘i edi shuning uchun ikkinchi bo‘lakni ko‘rmabman...
Fransuz rusdan so‘radi:
— Sizlar suli yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda sulini itga berishadi.
— Hm... Sizlar baqa yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda baqani it ham yemaydi.
Ikkita ishyoqmas, choyxonada ovqatlanib bo‘lib, yonboshlab suhbat quribdi:
— San kim bo‘lgin kelyapti?
— Manmi, man katta boy bo‘lsam-da, har kuni barra go‘shtdan tayyorlangan taomlar yesam...
— Sanchi?
— Man, ilon bo‘lsam deyman...
— Iye, nimaga endi ilon?
— Yoti.i.i.b yuradi-da...
Bank xodimi oshxonaga tushlik qilgani kirsa, oshxonada hech kim yo‘q emish. Qarasa qorovul o‘tirgan ekan.
Xodim so‘rabdi:
— Qani ishchilar?
Qorovul:
— Ular hozir tushlikka chiqib ketishdi, - dermish.
Bir kun student oshxonaga kirib:
— Oshpaz, manga 4ta manti bervoring.
Oshpaz:
— O‘o‘o‘, studentla kuchayibdimi?!
Student:
— 4ta mantiga qo‘shib, 24ta vilkayam bering.
— Adasi, kecha soat beshdan keyin ovqat yeb, parhezimni buzdim. Iltimos, menga tanbeh bersangiz, boshqa bunday ish qilmay!
— Menga desa, uyatdan yerga kirib ketmaysanmi xotin?!
E’lonlar taxtasidagi yozuvdan:
"Kelishgan yigit bilan turmush qurmoqchiman. Uni yonida ko‘p ovqat yeyishga uyalib ozish niyatidaman. Yetarlicha ozganimdan so‘ng, ajrashib ketishimiz ham mumkin".
Afandining oshnalaridan biri yangi imorat soldi-da, ko‘z-ko‘z qilish uchun Afandini aytdirib yubordi va ertadan-kechgacha olib yurib, imoratni ko‘rsatdi.
Yura berib Afandining qorni juda ochdi, ammo oshnasi ovqat to‘g‘risida og‘iz ochmas va uyma-uy yurar edi. Afandi nihoyat oshxona oldida to‘xtadi-da, unga diqqat bilan qaray boshladi. Oshnasi undan so‘radi:
— Oshxona yoqib qoldi deyman-a?
— Ha, oshxonani juda boplabsiz,— dedi Afandi,— shunday qilibsizki, kirgan kishining darrov ovqat yegisi keladi!— dedi.
2ta student qiz suhbatidan:
— Nodii, anavi bola meni yana uchrashuvga taklif qilyapti.
— Chiqaver!
— Shu, bola biroz yoqmayapti-da
— Chiqaver, bola yoqmasa yoqmas. Zato qorningni to‘yg‘azib kelasan!
— Dada, siz yana katta bo‘lasizmi?
— Yo‘q, o‘g‘lim
— Unda nimaga ovqatlanasiz?