Ovqatlanish haqida latifalar

— Kabob pishirayotgan nima uchun yelpib turishadi?
— Ko‘mir yaxshi yonishi uchun.
— Yo‘q. Qo‘shnilarga kabob hidi yaxshiroq yetib borishi uchun.
Er uyga go‘sht olib kelsa xotini debdi:
— Rosa yaxshi go‘sht ekan. Uyni mantisidan qilib beraymi, bozornikiday manti bo‘lsinmi?
Er:
— Nima farqi bor?
Xotin:
— Bozorni mantisi bo‘lsa, olib kelgan go‘shtingizni butunligicha sovutgichga solib qo‘yay, uyni mantisidan bo‘lsa bugun go‘sht tugaydi-da adasi.
Kun issiq! Oshxonada yarim kunimni chuchvara tugishga sarflasam-u, erim ishdan kelib, chuchvaralarni yeb "Boshqa bunaqasidan sotib olmagin!" desa odamga alam qilarkan.
— Qozon kabobga nima qo‘shib tayyorlagan edingiz qudajon?
— Aytolmayman, bu pazandalik siri...
— Aytaqoling! 3 kundan beri reanimatsiyada yotibman. Vrachlar topa olishmayapti.
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan:
— Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant:
— Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.

Ishdan qaytgan er ovqatlanishga o‘tirsa, xotini so‘rabdi:
— Paypog‘ingizni almashtirmadingizmi?
— Almashtirdim, - debdi eri.
— Ishdan kiyib kelgan paypoqni yeching! - debdi yana xotini.
— Yechganman xotin, - desa, xotini:
— Unda nega bunaqa hid kelyapti? - debdi.
Eri:
— Shunaqa qilishingni bilib, yechgan paypog‘imni cho‘ntagimga solib olgan edim, ko‘rsataman deb, mana, - dermish eri.