Qariyalar haqida latifalar

— Doktor bolam, qulog‘im mutlaqo eshitmay qoldi-ya...
— Unda xursand bo‘ling otaxon! Dunyoning tashvishlaridan qutulibsiz.
Qari otaxon yoshlarni nikoh toʻyiga restoranga boribdi.
Stol ustidagi noz-neʼmatlarga qarab oʻtirsa, ofitsiant bola kelib, likopdagi fransuz salatini aralashtirib tashlabdi. Otaxon xafa boʻlib ofitsiantga:
— Eh bolam-a! Tuppa-tuzuk turgan ovqatni kavlab nima qilarding?! – degan ekan.
Futbolga mukkasidan ketgan onaxondan intervyu olishyapti:
— Mana siz ayol kishi. Qanday qilib bunchalik futbol ishqoboziga aylangansiz?
Onaxon ko‘p o‘ylamay, javob beribdi:
— Bolam, men aslida futbolga umuman qiziqmasdim. Shu, turmushga chiqqanimdan keyin bobong har kuni kechqurun futbolni ko‘rishga majburlardi. Men o‘yinni ko‘rib, kim gol urdi, kim kartochka oldi, hamma tafsilotlarni yozib olardim. Ertalab bobongiz men yozganlarni o‘qib olardilar.
— Ie, nega bunaqa qilardilar?
— Choyxonaga borganlarida o‘rtoqlariga gap bermay, vaysash uchun-da...
— Onaxon, yaxshi-yam choyxonadagi muhokamaga sizni olib bormas ekanlar. Bo‘lmasa hozir boshqa chol bilan yashayotgan bo‘larmidingiz...?!
O‘ta olifta, lek juldur,
Ko‘rib qolsam derman, bu kimdur?
Sal vaqt o‘tib qarasam,
O‘zimning kampirimdur.
Bir bola qarib qolgan buvisiga gap qaytarayotgan ekan, yonidan o‘tib ketayotgan odam buni ko‘rib debdi:
— Xolajon bu sizni nabirangizmi?
— Ha. O‘zim ko‘tarib katta qilganman, - debdi onaxon.
Haligi odam:
— Tashlab yubormabsizda, - dermish.
Mahallada boshida ikkita qari dugona kampirlar gaplashib o‘tirishsa, qo‘shni ayol o‘tib qolibdi.
Birinchi kapir ikkinchisiga qarab debdi:
— Menga qara, anavi juvonni ismi nima edi?
Ikkinchisi uzoq o‘ylanib turib:
— Senga hozir zarurmi...? - dermish.
Hozirgi zamon yoshlari tilidan:
"O‘g‘il otasini oldiga kelib, sekingina dedi:
— Ada, buvamga ayting, menga qiz topavermasinlar. Axir o‘z sevgan qizim bor.
Bir talaba yigit ertalab nonushta qilib, telefoniga o‘rnatilgan TashBus da avtobus qachon kelishini qarab o‘tirsa, buvisi debdi:
— Bolaginam, nima qilyapsan?
— Avtobus kutyapman, - javob beribdi nabirasi.
Buvisi nabirasini ahvolidan xavotir olib:
— Bu telefon o‘lgur yoshlarni aqldan ozdirmasaydi. Oshxonada-yam avtobus kutadimi?! - dermish.
Murabbiyidan jahon birinchiligida qatnashish xabarini olgan yosh gimnastikachi qiz vokzalga kelibdi. Poyezd kelgunicha hali 30 daqiqa vaqt borligidan unumli foydalanishga qaror qilgan qiz kutish maydonchasida mashqlarni takrorlay boshlabdi. Ko‘p o‘tmay, bir qari onaxon qizning oldiga asta kelib:
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko‘rsataman..., – dermish.
Bir kuni otaxon sigirini sotgani bozorga ketaëtsa, bir "Kamaz" to‘xtab:
— Keling otaxon mashinaga o‘tiring, - debdi.
Otaxon:
— Sigirnichi?
— Sigirni kamazni orqasiga bog‘lab qo‘ying, - debdi shofër
Otaxon sigirni bog‘lab qo‘yibdi. Yo‘lda otaxon uxlab qolibdi. Kamazni tezligi 100 km da ketaëtsa, mashina "garmoshkaga" tushgach, otaxon uyg‘onib ketib:
— Sigir nima bo‘ldi? - desa,
Shofër, orqa oynaga qarab:
— Otaxon sigirni tili o‘ng tomonga chiqib ketibdi, - desa
Otaxon:
— Unda mashinani chap tomonga ol. Bolam, sigir obgonga chiqmoqchi, - dermish.