Qora-yumor haqida latifalar

— Siz judayam jozibalisiz.
— Afsus, siz haqingizda bunday deya olmayman.
— Unda menga o‘xshab aldang.
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan bir yigit o‘qituvchiga savol beribdi:
— Qizil chiroqda chorrahani kesib o‘tsa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ham charchab, asabi buzilib turgan ekan:
— Ha bo‘ladi. Faqat ikkala qo‘lingni ko‘tarib o‘tishing kerak, - debdi.
— Nega aynan qo‘lni ko‘tarish kerak, - desa, o‘qituvchisi:
— O‘lganingdan keyin yechintirish oson bo‘lishi uchun, - dermish.
Bir odam doktorga kelib, shikoyat qilibdi:
— Bilasizmi, men eshakdek ishlayman, itdek charchayman, lekin mushukchalik ham ovqat yemayman. Nima qilay, ayting...!
— Men hayvonlar doktori emasman, odamlarni da’volayman! Siz veterinarga borganingiz ma’qul!
— Kecha yangi telefon sotib olgandim. Kamerasida nuqul mahluqni rasmi ko‘rinyapti.
— "Oldi kamera" rejimini o‘chirib qo‘ygin-da...
Bir qiz ko‘chada ketayotsa, o‘g‘ri qizni bir qo‘lini kesib ketibdi. Militsiya xodimi kizdan:
— Nega bir qo‘lizni kesib ketishdi?
Qiz:
— Qo‘limda tilla uzuk va tilla braslet bor edida.
Militsiya:
— Nega baqirmadiz? Odamlarni yordamga chaqirmadiz?
Qiz:
— Bari tishlarim tillodan, boshimni olib ketishsa, o‘laymi? - dermish.
— Xolajon, menga bergan sovg‘angiz uchun rahmat.
— Arzimaydi.
— Arzimasligi to‘g‘riku-ya, oyim shunday deb ayt dedilar-da.
Yigit qizga debdi:
— Senga bir taklifim bor.
O‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketgan qiz shosha-pisha yigitga termulib:
— Ayting, ko‘p kuttirmang! - desa, yigit:
— Meni tinch qo‘ygin-a!!! - degan ekan.
Har kuni bir kishi bozorda rediska sotadigan kampirga 1000 so‘m berib, rediska olmasdan ketarkan.
Bir kuni haligi odam yana 1000 so‘m berib, ketayotsa, kampir uni qo‘lidan shartta ushlabdi. Shunda kishi:
— Hoynaxoy xolajon bu safar rediska olmasligimni sababini so‘ramoqchi bo‘lsangiz kerak?! - desa, kampir:
— Rediska olasanmi-yo‘qmi bu meni qiziqtirmaydi. Rediska 1500 bo‘ldi! - dermish.
Bir qo‘li yo‘q nogiron tushkunlikdan yig‘lab o‘tirgan ekan, narirokda ikkala qo‘lidan ham mahrum bo‘lgan bir odam tinmay raqsga tushayotgan emish. Bir qo‘llik nogiron yaqinroq kelib, so‘rabdi:
— Mening bir qo‘lim yo‘qligidan xudoga nolib o‘tirsam-u, sen ikkala qo‘ling bo‘lmasa ham hadeb raqsga tushasan?
Ikki qo‘li yo‘q debdi:
— Ko‘p gapirmasdan yelkamni qashib qo‘ysang-chi...?! Boyadan beri qiynalib ketdim...
Er og‘ir ahvolda yotibdi. Zo‘rg‘a ko‘zini ochib, tepasida o‘tirgan xotinidan so‘radi:
— Jonim, men olamdan o‘tsam, yig‘laysanmi?
— Uff, janozadan oldin atayin kayfiyatimni buzmoqchimisiz?!