Qora-yumor haqida latifalar

Militsiyaga bir erkak qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo‘qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do‘konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo‘yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo‘yini o‘lchab ko‘rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo‘q!
— Ko‘zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o‘rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o‘rnatilgan, salonga monitor ham o‘rnatib bergan edim, - deb yig‘lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!
Bir yigit Guli ismli qizga uylanibdi. Yangi kuyov bolani yoniga do‘stlari kelib:
— Qalesan o‘rtoq? Kimga uylanding? - deb so‘rashibdi.
Kuyov bola:
— Guliga - desa, do‘stlari:
— Voy,o‘sha yengiltak Guliga-ya? U yaxshi qiz emas, juda hulqi buzuq qiz-ku! - deyishibdi.
Kuyov indamay ketibdi. Bir payt do‘konga kiribdi. Sotuvchi:
— Iye, kuyov bola kelsinlar... Nima xizmat? Ha aytgancha, kimga uylandingiz?
— Narigi mahalladagi Guliga...
— Voy, chatoq ish bo‘libdi-ku... U qiz yaxshi qiz emas, yengiltak-ku?!
Kuyov bola juda xafa bo‘lib o‘tirsa, boshqa shaharda yashovchi tanishi kelib qolibdi. U ham kimga uylanganini so‘rabdi. Kuyov har doimgidek, yomon gap-so‘zlarni eshitibdi.
Boshi og‘rib ketgan yigit dorixonaga kiribdi. Dorixonadagilar ham:
— Kuyov bola, muborak bo‘lsan! Kim ekan u qiz? - deb so‘rashsa, kuyovni jahli chiqib ketib:
— Bir ko‘chada qolgan, rasvo, yengiltak, fohishaga uylandim!!! - deb dod sola boshlabdi. Shunda dorixonadagilar bir-biriga qarab:
— Obbo, qo‘shni mahalladagi Guliga uylangan shekilli? - dermish.
— Ishonasanmi, kechayu-kunduz ishlayman. Tinim bilmayman. Hatto, ulgurmagan ishlarimni uyga olib ketib ishlayman.
— Qayerda ishlaysan o‘zi?
— O‘likxonada bosh vrachman.
Bir yigit chet elda 5 yil yurib, uyga qaytibdi. Qaytibdi-yu, lekin nuqul ruscha gapirarmish. Qishlokdan xolasi ko‘rgani kelibdi. Salom-alikdan so‘ng xolasi hasrat boshlabdi:
— Bolam, o‘tgan yili pochchang ham olamdan o‘tdilar, - desa. Yigit:
— Chepuxa, - debdi. Xolasi u ruschasiga "Hudo rahmat qilsin" degani bo‘lsa kerak-da deb:
— Nima ham qilardik bolam, bizam "Chepuxa" deb o‘tiribmiz, - dermish.
Qimor o‘ynab o‘tirgan erkaklar orasida bittasi to‘satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo‘libdi.
Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi:
— Bilasizmi, sizni eringiz qimor o‘ynab o‘tirib, hamma narsasini yutqazib qo‘ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham...
— O‘lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g‘azablangan xotini.
Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib:
— Shunaqa bo‘ldi, siz aytgandek bo‘ldi! - dermish.
Bir ayolning eri o‘lim to‘shagida yotsa, xotini tepasida yig‘lab o‘tirganmush:
— Meni tashlab ketyapsizmi?! Men ham tez orada o‘lsam kerak...!?
Eri zo‘rg‘a ko‘zini ochib xotiniga:
— Shoshilma xotin! U yoqda biroz dam olishga imkon ber!!! - dermish.
Bankka bosqinchilar kirib hammaga baqira boshlashibdi:
— Teskari o‘giril, yot! Agar kim bizni yuzimizni ko‘rsa, otib tashlaymiz!
Bir odam:
— Men ko‘rdim, - deb yuboribdi. Shu zahoti to‘pponchani olib otib tashlashibdi. Yana so‘rashibdi:
— Yana kim ko‘rdi?! - desa, chetroqda yotgan odam:
— Meni xotinim ko‘rdi, - dermish.
— Dugonajon, kecha erim meni xafa qildi.
— Nega? Nima bo‘ldi?
— Go‘zallik saloniga 300 ming so‘ragandim.
— Bermadimi?
— Menga tikilib qarab turdi-da, 500 ming berdi!
Zamonimiz yoshlari hozirda Romeo va Juletta, Toxir va Zuxra bo‘lamiz deb ota-ona bo‘lib qolishyapti.
Xotini:
— Adajonisi bugun turmush qurganimizga 25 yil bo‘ldi, qo‘y so‘yib is chiqazvoraylik, - desa
— Eri qo‘yda nima ayb, ammangni so‘yish kerak, 25 yil oldin ammang bizni uchrashtirgan, qo‘y emas.