Uddaburonlar haqida latifalar

Piyonista davolanishga kelibdi. Vrach:
— Ho‘sh, ko‘p ichasizmi?
— Unchalik ko‘p emas, kuniga ikki litr aroq xolos...Bir gramm ham ko‘p emas!
— Ex-xe! Anchadan beri ichasizmi?
— Unchalik ko‘p bo‘lgani yo‘q, 12 yoshimdan beri...
— Ux-xo‘! Bo‘lmasa, davolanasiz! Fakat bitta sharti bor!
— Qanaqa?
— Davolashni boshlanishida kuniga 200 grammdan ko‘p ichmaysiz!
— Ikki yuz gramm... Bo‘pti! ...Ertasi kuni piyonista oyog‘ini zo‘rg‘a sudrab bosib, allaqanday qo‘shiqni xirgoyi qilgancha kelibdi.
— Azizim, siz bilan kelishgandikku, kuniga 200 grammdan ko‘p bo‘lmasin, deb!?
— Nima, meni bitta sizda davolanayapti deb o‘ylaysizmi?
Mallasoch qizdan so‘rashibdi:
— Alifboda nechta harf bor?
— Oltita.
— Qanday qilib?
— A, L, I, F, B, O. Hammasi bo‘lib oltita!
Afandi birovning bog‘iga kirib, o‘rik o‘g‘irlayotgan edi,
bog‘bon kelib qoldi. .
— Kimsan!?—dedi bog‘bon.
Afandi o‘rikning tanasiga yopishib olib javob berdi:
— Men o‘rikning yelimiman. Bog‘bon yana so‘radi:
— Yelim ham gapiradimi?
— Kechirasiz,— dedi Afandi,— bilmabman, chip-chip-chip...
Mahallaning baloho‘ri Afandini chaqirib:
— Uyingizga osh buyuring, kazo-kazolar kelishgan, kirib chiqamiz,— dedi.
Afandi xo‘p deb uyiga kirib ketdi. Baloho‘r aytgan vaqtida kazo-kazolar bilan keldi, supaga o‘tirilgach:
— Qani, Afandi, qo‘lga suv oling,— dedi. Afandi uning qo‘liga suv qo‘ya yotib:
— Hali qozon osganimiz yo‘q — dedi.
— Nega?— dedi baloho‘r.
— Hamma narsa tayyoru kichkina bir narsaga qarab qoldik.
— Nima ekan?
Afandi uning qulog‘iga asta dedi:
— Pul!
Avtobusda bir ayol ishdan uyiga qaytayotgan ekan, uni uyi oxirgi bekatda ekan. Bir bashang kiyingan yoshroq ayolga ko‘zi tushib: bu ayol hech qaysi bekatda tushmadi, demak meni mahallamda tushadi.
Bironta erkakni oldiga kelyapti bir qo‘shnimni eri yo‘q, yana birini eri xorijda, yana biri ishda, demak meni erimni oldiga kelyapti.
Erimni 2ta o‘ynashi bor: biri Tanya, biri Lena. Tanya chet elga ketgan, demak buni ismi Lena.
Ayol:
— Lena iltimos manavi pulni konduktorga uzatvoring.
Lena hayron:
— Meni qayerdan taniysiz?
Bir odam yangi mashina sotib olibdi va unga xotini:
— Hozir yomon odamlar ko‘p, mashinani magnitafonini o‘g‘irlab ketishlari mumkin. Garajimiz yo‘q. Nima qilamiz? - debdi.
Eri o‘ylab, o‘ylab chorasini topibdi. Qog‘ozga: "Bu mashinada audio magnitafon, uyali telefon, hatto motori ham yo‘q", - deb yozib, yopishtirib qo‘yibdi.
Ertasiga ertalab chiqsa, mashinani oldida odamlar to‘planib turgan emish. Borib qarasa yopishtirib ketgan qog‘ozi tagida yana 1 ta qog‘oz paydo bo‘lib qolganmish. U qog‘ozni o‘qisa: "Audio magnitafon, uyali telefon, hatto motoriyam yo‘q mashinaga 4 ta balonni nima keragi bor? - deb, yozib qo‘yishgan ekan.
Meni yaxshi deb biladiganlarga - katta raxmat!
Asli qanaqaligimni bilganlarga esa, iltimos - birov bilmasin-a?!
Tushlikdan so‘ng er xotiniga dedi:
— Xotin, qara, mehmonlar yana likoplaringni o‘g‘irlab ketishibdi…
— Qaysilarini?
— Haligi «Yettinchi osmon» restorani, deb yozilganlari bor edi-ku…
Buqa fermerning qaynonasini suzib olibdi-yu qaynona qazo qilibdi. Uning janozasiga kelgan rohib to‘plangan odamlarni ko‘rib, hayron qolibdi:
— Aftidan bu ayol juda ajoyib inson o‘tgan ko‘rinadi. Shuncha erkak ishini tashlab kelibdi.
— Ular dafn marosimiga kelgani yo‘q, - dedi fermer,— ularning ko‘pchiligi buqamni sotib olmoqchi.
Afandi tepakal edi, sochini oldirib bo‘lgach, sartaroshning qo‘liga bitta teshik tanga berib ketayotgan edi, sartarosh:
— Afandi, bu tanga o‘tmaydi, butunini bering,— dedi.
— Tanganing butunini boshimning tepasiga soch chiqqanida olasiz,—- dedi Afandi.