Uddaburonlar haqida latifalar

Yangi ochilgan shifoxonada e’lon yozib qo‘yilibdi:
“Biz sizning dardingizga shifo topsak, sizdan 50 ming so‘m bo‘ladi. Agar topa olmasak, bizning shifokorlarimiz sizga 100 ming so‘m pul berishadi. Kafolatlangan!”.
E’lonni o‘qigan yigit shifokorlarni laqillatish maqsadida kirib debdi:
— Doktor, meni ta’m bilish qobiliyatim yo‘qoldi.
— Mana bu damlamani ichib ko‘ring bemor.
— Iye, nimalar qilyapsiz?! Axir bu benzin ekan-ku!
— Ana, ta’m bilishingiz o‘zingizga qaytdi. 50 ming to‘lab keting.
Ertasi kuni “bemor” yigit yana kelib, “Bugun doktorni chuv tushiraman” deb:
— Doktor, meni ko‘zlarim ko‘rmayapti.
— Kechirasiz bemor! Bu dardingizni davolay olmasak kerak. Mana sizga 100 ming so‘m, shifoxona hisobidan.
— Shoshmang! Bu yerda 50 ming so‘m-ku!
— Tabriklayman! Ko‘rish qobiliyatingiz qaytdi! Pulni qaytarib bering-da, kassamizga 50 ming to‘lab ketishni unutmang!
Advokatga murojat qilgan ayol:
— Ayting-chi, agar erim bilan ajrashsam, qonun bo‘yicha menga boylikning yarmi qoladimi?
— Ha. Teng yarmi! O‘zi nima uchun ajrashmoqchi bo‘lyapsiz? – debdi advokat.
— Yo‘q... Men hali-yam badavlat erkakni qidirib yuribman, - degan ekan ayol.
Qo‘shnimnikiga kirsam, xotini qo‘y go‘shtidan sho‘rva qilgan ekan. Meni ko‘rib ensasi qotdi.
— Adasi kelaqoling, ovqat pishdi, - dedi-da, eriga bir kosada sho‘rva, bir laganda go‘sht olib kelib yoniga qo‘ydi. Qornim och, nima qilishni bilmay, ichimda “Shoshmay tur!” deb tursam, qo‘shnim:
— Go‘shtdan oling, - deb qoldi. Lagandagi go‘shtga qo‘l uzatib bir bo‘lagini tishladim-u, “Voy-dod” deb yerga ag‘anadim.
Shu payt qo‘shnim meni ko‘rib qo‘rqib ketdi-da, xotiniga:
— Sen jodugar meni zaharlamoqchi bo‘ldingmi? – deb o‘dag‘aylab quvlab ketdi.
Sekin o‘rnimdan turdim-da, sho‘rva va bir lagan go‘ shtni paqqos tushirib “Ziqna bo‘lish shunaqa bo‘ladi!” deb uyimga jo‘navardim.
Bir ayol qo‘shnisiga dardini ayta boshlabdi:
— Bir haftadan beri erimdan hojatxonani ta’mirlab berishini so‘rayman.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi?
— Yakshanba kuni hojatxona eshigiga "Kirish man etiladi. Ta’mirlanmoqda" degan yozuvni ilib, o‘zi choyxonaga ketib qolibdi.
Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirib, xotiniga eri:
— Leopard rosa tez yuguradi-de, xozir kiyikni yeb qo‘yadi debdi
Shunda xotin eriga qarab:
— Agar kiyik tirik qolsa, ikkinchi xotin olishizga ruxsat beraman, debdi.
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!
Bir erkak oyoqda tura olmaydigan ahvolda mast bo‘lib o‘yga kelibdi.
“Jahl otiga mingan” xotini endi baqiraman desa, eri qo‘lini labiga qo‘yib:
— Tsh-sh-sh, jim! Men bir narsa topdim, - debdi.
— Nima? – debdi xotini.
— Sabr qil. Ertalab aytaman, - deb uxlab qolibdi eri.
Tong otishini sabrsizlik bilan kutgan xotin, eri uyg‘onishi bilan so‘rabdi:
— Ho‘sh, topgan narsangizni ayting endi!
Eri:
— Aytsam ishonmaysan... Yangi mayxona topdim, - dermish.
Ayol oshxonada ovqat suzayotsa, surbet, jonga tegib ketgan qo‘shnisi yana kirib kelib:
— Voy qo‘shni ovqatingiz pishdimi? Yana ovqatlanib ketarkanmanda... – debdi.
Jahli chiqqan uy egasi unga ham ovqatdan suzib, yeb o‘tirishsa, hovlidagi it irrillayveribdi.
— Qo‘shni, nega itingiz meni tanisa ham irrilayveradi? – desa, mezbon ayol:
— Chunki itim uni kosasida ovqat yeganlarni yoqtirmaydi, - dermish.
Tankchilar shiori:
— Zirhlarimiz mustahkam, tanklarimiz tezyurar!
Uchuvchilar shiori:
— Baland va yanada baland ko‘tarilamiz!
Aloqachilar shiori:
— Qancha qattiq baqirsang, shuncha uzoq masofada eshitiladi!
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining shiori:
— O‘zimiz ham uchmaymiz, birovga ham bermaymiz!
Vaqt allamahal bo‘lganda darvozadan kirib kelgan o‘g‘lini oldidan otasi chiqib jahl bilan debdi:
— Qayerlarda yuribsan? Soat nechi bo‘ldi?! Yuravermaysanmi ertalabgacha sang‘ib!!!
Bu gapni eshitgan o‘g‘li shu zahoti cho‘ntagidan telefonini olib, kimgadir qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, o‘rtoq ketib qolmadingmi? Ruxsat oldim. Hozir chiqaman, - debdi.