— Agar nechta qo‘yim borligini aytsang, ikkalasini ham senga beraman.
Ayol ovoz chiqarib:
— Tushunarli, birorta ham erkak yo‘q ekan, - desa, o‘tirganlardan biri:
— Erkaklar bor. O‘rindiqlar yo‘q, - dermish.
Bir kuni hamma o‘qituvchilarni yig‘ib:
— Bugun soat 14:00da sizlarni dorga osamiz. Kelish majburiy! - deyishibdi.
Aytilgan vaqtga yetib kelgan o‘qituvchilar birortasi ham indamasmish.
— Ana ko‘rdingmi, bularga baribir. Bittasi ham qarshi chiqmaydi. Nima desang ham ko‘naveradi. Chopiqqa ham, qurilishga ham, dalaga ham, ko‘cha tozalashga ham yo‘q demay ketaveradi. Qara hech biri indamayapti, -deb turishsa, bitta o‘qituvchi asta qo‘l ko‘taribdi.
— Hayriyat! Ana bor ekan-ku, o‘z huquqini biladigani. Qani, marhamat gapiring! - deyishsa, qo‘l ko‘targan o‘qituvchi:
— Bir nimani so‘rasam bo‘ladimi? – debdi.
— So‘rang, eshitaman.
— Osish uchun ipni o‘zlaring berasizlarmi yoki o‘zimiz bilan olib kelaylikmi? - dermish.
— Pax-pax-pax paxtakorga boradimi? – desa, haydovchi:
— Chiqing amaki, boradi. Hammani otib tashladingiz, - degan ekan.
— Nima emas, kim deng! Ularni o‘zi yonimga kelib “Tilla zanjir bilan soatni yech!” deyishdi. Men ham ularni tilla zanjiri va soatini yechdim xolos...!
— Menga turmushga chiqasizmi?
Qiz:
— Men turmushga chiqadigan yigit kuchli va ishbilarmon ham bo‘lishi kerak.
Yigit:
— Axir men seni bezorilardan qutqardim-ku!
Qiz:
— Albatta! Lekin ishbilarmon emassiz-ku?!
Yigit:
— Agar bilsang, o‘sha bezorilarni yuborgan ham men bo‘laman.
— Dadam bilan gaplashib ko‘ring. Menga shunda uylansangiz bo‘ladi, - debdi.
Yigit qizning otasini yoniga boribdi. Otasi yigitdan so‘rabdi:
— Nima ish qilasan?
— Falon joyda.
— Maoshing qancha? – yana so‘rabdi qizning otasi. ⠀
— 400 ming so‘m debdi yigit.
— Iye, bu oyliging qizim bir oyda yeydigan go‘shtning ham puli emas-ku! – deb yigitni haydab yuboribdi otasi.
Yigit qizning uyidan chiqib ketayotsa, qiz:
— Ha, otam rozi bo‘lmadilarmi? - desa, yigit qizga qarab:
— Bor-yey! Sen ham ko‘p go‘sht yeydigan o‘zbeklardan ekansan! – dermish.
— Ha, afandi! Eshagingizni maktabga olib ketyapsizmi? – debdi amaldor kulib.
— To‘g‘ri topdingiz. Maktabga ketyapti. O‘qisin! Yaxshi o‘qisa, kelajakda katta amaldor bo‘ladi, - degan ekan hozirjavob afandi.