Gazetaning «Advokat maslahati» rukniga kelgan maktubdan:
“Agar mening Matiz mashinamni YPH xodimlari jarima maydonchasiga olib ketishgan bo‘lsa, boquvchisini yo‘qotgan kishi sifatida nafaqa olishga haqqim bormi?”.
— Aytishlaricha, AQShda fuqarolarning pasporti bo‘lmas ekan.
— Unda propiska qayerga qo‘yilarkan?
— U yerda propiska degan narsa yo‘q!
— G‘alati. Unda militsiya to‘xtatsa nimani so‘raydi?
— Militsiya to‘xtatib hujjat so‘rashga haqqi yo‘q...
— Ola, Jumanazar!
— Bilasanmi, akamga aytsam bitta qo‘li bilan aftingni buzib qo‘yadi!
— Nima, akang sportchimi?
— Yo‘q, akam PhotoShop da ishlashni biladi.
Bir odam o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Ulfatlarini ziyofatga chaqirib ularga debdi:
— Kelganingizda eshigimizni qattiq tepib ochib kiraveringlar!
— Nega tepar ekanmiz? Qo‘limiz bilan ochib kiramiz, - deyishsa, haligi odam:
— Qo‘lingizda sovg‘a-salomlar bilan ocha olmaysizlar-da! – degan ekan.
— Mashina yo‘lida chuqur bilan piyodalar o‘tish joyining farqi nimada?
— Farqi shundaki, chuqurga yaqinlashganda hamma haydovchi mashinani sekinlatadi...
Afandi uyiga usta chaqirib ustaga:
— Sizni qo‘li gul usta deb eshitdim. Hattoki, yo‘qdan bor qilar ekansiz. Meni bir sigirim bor. Unga boshpana qurib bersangiz. Faqat bitta shiferim bor. Nima qilamiz usta, iloji bormi?
Jahli chiqqan er xotiniga debdi:
— Nega menga aroq ichishga ruxsat bermaysan!? Axir kap-katta odamman-ku!
Xotini bo‘lsa:
— Siz aroq ichib olgach, o‘zingizni ushlab turishni bilmaysiz! – desa, eri:
— Har safar ichganimda sekin o‘rganib boryapman-da! – dermish.
Xaridor do‘konda:
— “Xonaki tovuq tuxumlari”... Tovuqlarni o‘zi qani?
Sotuvchi:
— Katakda, albatta!
Xaridor:
— Narigi do‘konda “Xonaki tovuq go‘shtlari” deb yozilgan ekan. Shunga so‘rayapman...
Ikkita kayfi oshib qolgan ulfatlar yarim tunda uyga qaytayotib biri debdi:
— Garov o‘ynaysanmi? Hozir meni xotinim eshikni “Jonim” degan so‘z bilan ochadi.
Ikkinchisi:
— Nimalar deyapsan? Sen o‘lgudek mastsan! Yarim tunda uyga qaytyapsan? Qanaqasiga xotining “Jonim” desin!?
— Hozir ko‘rasan! – debdi-da, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosib debdi:
— Eshikni och jonim...
Xotini bo‘lsa:
— Jonim?! Hozir ta’ziringizni beraman! – deb eshikni ochgan ekan.
— Bilasanmi do‘stim, kecha men seni xotiningni tushimda ko‘ribman.
— Xo‘sh, u senga nima deb baqirdi?
— Hech narsa deb baqirgani yo‘q...
— Unda adashibsan. U meni xotinim emas!