Baland binoning 8 qavatidan yiqilib tushgan odam yerda yotsa, yoniga bir kishi kelib:
— Tinchlikmi, nima bo‘ldi? – desa, haligi yiqilgan odam:
— Bilmadim. O‘zim hozirgina keldim, - debdi.
Bir talaba ovqatlanib, qornini to‘ydirib darsga kirsa kekirgisi kelib qolibdi. Hammani oldida kekirishga uyalib, oxiri nima qilishni o‘ylab topibdi. Telefondagi musiqani baland qilib ovozini ko‘taribdi-da, kekirib yuboribdi.
Keyin qarasa, telefondagi musiqa talabani qulog‘idagi naushniklaridan kelayotgan ekan...
Bir kuni yosh kelin o‘zini xonasida dam olib yotgan ekan. Qaynonasining jahli chiqib, hovlida uxlab yotgan mushukni yoniga kelib “Uxlab yotaverasanmi?!” deb ura boshlabdi.
Bir payt shovqindan kelini uyg‘onib chiqib, hovlida yurgan itni bir tepibdi.
Qaynonasi:
— Nega bechora itni tepasiz? – desa, kelin:
— Yo o‘zi uxlamaydi vovullab, yo boshqalarni uxlatmaydi, - dermush.
Ota va bola negarlar plyaj yonidagi do‘konga kirib quyoshdan himoyalovchi krem xarid qilib tursa, bir kishi kelib so‘rabdi:
— Sizlar buni nima qilasizlar?
Ota-bola javob bergan ekan:
— Buni yuzimizga surtmasak, qorayib ketamiz.
Bilasizmi, nega ayollar odatda futbol o‘ynamaydi? Chunki 11 ta ayol bir xil kiyimda bir joyda bo‘la olmaydi.
Bir kishi 7-qavatdagi uyida sigaret chekib bo‘lib, axlat chelagi yoniga borishga erinib, qoldig‘ini ochiq derazadan pastga uloqtirgan ekan, pastda turgan kichkina bolakay debdi:
— Amaki, bunaqa qilish mumkin emas. Bu yomon odat!
Bu gapni eshitgan kishi erinmasdan kiyimlarini kiyib, 7-qavatdan pastga zinadan tushib ketayotganmish “Bir ta’ziringni berib kelay sen bolani. Hali senmi menga aql o‘rgatadigan”! deb.
Bir odam ko‘zi o‘tkirligini maqtanmoqchi bo‘lib:
— 25 metr naridagi daraxtda chumoli ketyapti, - desa, yonidagisi:
— Ha, o‘g‘il bola ekan, - dermish.
Bir kuni bir ayol bolasini bog‘chadan olib qolib, peshinda uxlatmoqchi bo‘libdi.
— Oppoq bolam uxla, shirin bolam uxla, - desa, bolasi:
— Oyi, unaqa desangiz uxlamayman. Ko‘zlaringni yum, yashamagur! deb meni ursangiz uxlayman, - debdi.
Ba’zi davlatlarda yashash qiyin emas, boylarni to‘ydirish qiyin bo‘lib qoldi...
— Odiljon, sen kimning gapini ko‘proq eshitasan, adangnimi yoki oyingnimi?
— Oyimni.
— Nega?
— Oyim ko‘proq gapiradilar-da.