Soat 19:00. Ayol eriga Telegram'da yozmoqda:
“Sizga men kerakmanmi yoki o‘sha ulfatlaringizmi?!”
Soat 23:00. Er ayoliga javob yozmoqda:
“Albatta sen keraksan!”.
Rastada turgan pomidorlarni hammasi birma-bir ushlab chiqayotgan xaridorga qarab sotuvchi debdi:
— Hadeb ushlayvermang! Hammasini ushlab chiqganingiz bilan qattiq bo‘lib qolmaydi!
— Hozirgi kunda jurnallar yarim yalong‘och ayollar rasmiga to‘lib ketdi. Bizni davrimizda bunaqa emas edi! – debdi keksa jurnalist.
— Sizni paytingizda kiyim-kechaklar arzon edi-da! – debdi unga muharrirlardan biri.
Er shimini hafsala bilan dazmollayotgan xotinini ko‘rib so‘rabdi:
— Tinchlikmi onasi?! Bugun chiroyli kiyinib ko‘chaga chiqsam, menga qizlar qarar ekan-da...! – desa xotini:
— Dazmollangan, yaxshi kiyingan erkak oilali bo‘lishini hamma qizlar bilishadi, - debdi.
Xotin eriga debdi:
— Afrikada bir qabila bor ekan. U yerda erlar xotinini sotib yuborarmish. Agar biz o‘sha qabilada yashaganimizda, siz meni sotib yuborarmidingiz?
Eri debdi:
— Sotib o‘tirmasdim. Sovg‘a qilib yuborgan bo‘lardim.
— Kecha okulist qabuliga borgan edim.
— Xo‘sh, nima dedi?
— Alifboni o‘rganishim kerak emish...!
Yaponiyalik ixtirochilar robot ixtiro qilishibdi. U robot o‘g‘rilarni ushlar ekan. Robotni Rossiyaga olib borishsa, u yerda kuniga 40 ta o‘g‘rini ushlabdi. Amerikada 50 tadan o‘g‘rini qo‘lga olibdi. Ippodromga olib kyelishsa, bir soatda robotni o‘g‘irlab ketishibdi.
Qadim zamonda bir qabila bo‘lgan ekan. Qabilani xalqi juda-yam sodda, nima desang o‘shanga ko‘naverarkan. Bir kuni hamma odamlarni yig‘ib, «Bugun soat 14:00da sizlarni dorga osamiz. Kelish majburiy!» deyishibdi.
Aytilgan vaqtga yetib kelgan xalqni birortasi ham indamasmish. — Ana ko‘rdingmi, bularga baribir. Bittasi ham qarshi chiqmaydi. Nima desang ham ko‘naveradi. Chopiqqa ham, qurilishga ham, dalaga ham, ko‘cha tozalashga ham yo‘q demay ketaveradi. Qara hech biri indamayapti, -deb turishsa, bittasi asta qo‘l ko‘taribdi.
— Hayriyat, ana bor ekan-ku, o‘z huquqini biladigani. Qani, marhamat gapiring! - deyishsa, qo‘l ko‘targan odam:
— Bir nimani so‘rasam bo‘ladimi? – debdi.
— So‘rang, eshitaman, - deyishsa,
— Osish uchun ipni o‘zlaring berasizlarmi yoki o‘zimiz bilan olib kelaylikmi? - dermish.
Bitta bola do‘konga kirib:
— 1200 so‘mlik non bormi? – debdi.
— Bor, - deyishsa, bola:
— Nechi pul? – degan ekan.
Bugun boshlig‘imiz ta’tildan ishga qaytdi.
Dengizda dam olib, quyoshda rosa toblanib, qorayibdi. Endi aniq mahluqdan farqi qolmabdi!