To‘ylarga yuradigan artistlarning har biri 200ga yaqin odamni ta’minlab nafi tegayotgan ekan.
O‘zbekistonda artistlar sonini ko‘pligini hisobga olsak, barchamizni artistlar boqayotgan bo‘lib chiqayapti ekan.
Bir kuni tunda afandi mehmondan qaytayotsa, yo‘lda kalondimog‘ boy uchrab qolibdi. Boy:
— Ha afandi, men sizni mol deb o‘ylabman, - debdi.
Afandi hozirjavoblik bilan:
— Ha boy ota, men bo‘lsam sizni qorong‘uda odam deb o‘ylabman, - degan ekan.
Ko‘chat bozorini aylanib yurgan xaridor sotuvchidan so‘rabdi:
— Bu daraxtingiz 3 yilda olma beradimi?
— Yo‘q, - debdi sotuvchi.
— 5 yilda beradimi? – so‘rabdi yana xaridor.
— Yo‘q, - debdi yana sotuvchi.
— Unda nyechi yilda olma beradi? – desa, sotuvchi:
— Hech qachon olma bermaydi! Axir bu behi-ku! – degan ekan.
Chiptachi avtobusda chipta sotib yursa, bir yigit 1200 soʻm beribdi.
— Yoʻl haqqi bugundan 1400 soʻm boʻlgan, - desa, yigit:
— Mayli, menga kechagi chiptangizdan bering, - dermish.
Messidan bir oʻzbek jurnalisti intervyu olibdi:
— Nega siz kutilmaganda bizning futbol jamoamizga oʻtdingiz?
Messi javob beribdi:
— Bu yerda yaxshi ekan! Koptokni xohlagan tarafga tepsa boʻlarkan...
Mototsikl ustasiga mijoz kelib debdi:
— Shu mototsiklimni tuzatib bering.
— Xo‘sh, nima kasali bor? – so‘rabdi usta.
— Ertalab 15 marta tepib o‘t oldiraman. Mototsikl degani 1 ta tepsa yonish kerak-k?! – debdi mijoz.
— Ha, unda kechqurun 14 marta tepib yoting. Ertalab 1 ta tepib haydab ketaverasiz, - dermish usta.
— Allo, men e’lon bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilyapman. Ishga olishingiz uchun nima talab etiladi?
— Oliy ma’lumotdan tashqari, o‘rta maktab o‘quvchisining bilimi va maktabgacha bo‘lgan bolaning tarbiyasiga ega bo‘lishingiz kerak.
Katta yo‘ldan taksi mashinasi ketayotsa, YPH nazoratchisi qo‘lini ko‘tarib, ishora qilib mashinani to‘xtatibdi. Taksi haydovchisi to‘xtab, oynadan qarab:
— Qayerga ekan? – desa, nazoratchi:
— Hech qayerga! – debdi.
Shunda taksichi:
— Unda nega ovora qilib taksini to‘xtatyapsiz!? – deb yurib ketvargan ekan.
Bir mast kishi militsiyaga telefon qilib:
— Manavi yerda 300 ta odam o‘lib yotibdi, - debdi.
Militsiya:
— Tez manzilni ayting! – desa, mast kishi:
— Shahar qabristonida, - dermish.
— Do‘stim, men 4G ni ayrim tashkilotlarning rahbarlariga o‘xshataman.
— Nega?
— Savlati bor-u, qiladigan ishi yo‘q!