Choyxonada yigitlar ziyofat qilib o‘tirishsa, bir otaxon narigi supada yigitlarga havas bilan qarab o‘tirgan ekan.
— Otaxon, biz ham sizga o‘xshab yuraylik, bir duo qiling, - debdi yigitlar.
Otaxon:
— Omin, meni yoshimga kiringlar, ammo men qilgan ishni qilmanglar! – debdi.
Yigitlar:
— Nega unaqa deyapsiz? – desa, otaxon:
— Chunki hayotimda 25 yil qamoq ham bor-da, - degan ekan.
Er-xotin dam olgani dalahovliga ketayotishsa, xotini uydagi hamma pullarni sumkaga solayotganmish. Buni ko‘rgan eri:
— Bor-yo‘g‘i 2 kunga ketyapmiz. Nima qilasan shuncha pulni? – deb so‘rabdi hayron bo‘lib.
Xotini debdi:
— To‘g‘ri, dalahovliga biz ketyapmiz. Lekin o‘g‘limiz 2 kun uyda qoladi-ku...!
Tovuq bedanaga maqtanib:
— Meni tuxumim 500 so‘m, seniki 300 so‘m. Meni tuxumim senikidan kattaroq...
Sen ham menga o‘xshab 500 so‘mlik tug‘sang bo‘lmaydimi? – desa, bedana debdi:
— Endi..., 200 so‘m uchun jonimni og‘ritib nima qilaman?!
— Topishmoq aytsam topasanmi?
— Ayt-chi...
— Bir xonada to‘rttasi, ishlar faqat bittasi.
— Bilmadim...!?
— Ishxonada 3 ta xodim va 1 ta konditsioner.
Bir odam do‘stidan qarzga pul so‘rabdi.
Do‘sti unga:
— Pulni nima qilasan? – desa, haligi odam:
— Davolanaman. Tilim sinib qoldi. Tilimni gips qildirishim kerak, - dermish.
Talaba bu - ...
— O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevgan qizini qimmat kafelarga olib boradigan jentelmen!
— Hech bir fandan daftar tutmasdan, 150 ming so‘mlik portfel ko‘tarib yuradigan, ichida yo‘l kira uchun 1400 so‘m solib qo‘yadigan 120 ming so‘mlik klach sotib oladigan olifta!
— 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzda 6 oylik ma’ruzani ko‘chirib chiqa oladigan professor!
— Hisobidan bir sent bo‘lmasa ham, eng so‘nggi rusumdagi Iphone ishlatadigan boyvachcha!
— Dars qilib o‘tirib ham quloqchinlarda ashula eshitadigan, ham ma’ruzani ko‘chiradigan, ham internetda o‘tirib yozisha oladigan Yuliy Sezar!
— Atigi 400 ming so‘m stipendiya olib, 10 million so‘m kontrakt to‘laydigan sahiy odam!
Bir kuni komandir postda turgan askar yoniga boribdi:
— Faraz qil, sen turgan postga dushman kelyapti. Seni harakating? – desa, askar:
— Faraz qiling, men akopdaman, - dermish.
Sex boshlig‘i ishchilaridan so‘rabdi:
— Direktor kelmadimi?
— Yo‘q, - debdi ishchilar.
— Ha mayli. Men xonamda biroz uxlab olaman.
Birozdan keyin yana chiqib so‘rabdi:
— Direktor kelmadimi?
— Yo‘q, hali kelgani yo‘q! – deb javob beribdi ishchilar.
Sex boshlig‘i debdi:
— Ha yaxshi. Men xonamga kirib uxlab turaman. Xabar olib turinglar...
Birozdan keyin direktor kelib qolibdi. Hamma ishchilar direktorga qarab:
— Qayerlarda yuribsiz?! Sizni deb 2 soatdan beri sex boshlig‘imiz uyg‘ona olmayaptilar, - dermish.
Bir o‘zbek futbolchimizdan so‘rashibdi:
— Nega o‘yin vaqtida buncha ko‘p gapirasiz?
U debdi:
— O‘yinchilarimiz chet tilini bilmaydi. Shuning uchun raqiblarimiz qanday taktika qo‘llab o‘ynayotganini ularga tushuntiraman.
Bir odam ruslarga tobut yasar ekan. Kunlarni birida tayyor tobutni yetkazib beraman desa, mashinasi buzilib qolibdi. “Buyurtmani kechiktirib bo‘lmaydi!” debdi-da, tobutni ko‘tarib olib borishga qaror qilibdi.
Ko‘chada ketayotsa, militsiya to‘xtatib so‘rabdi:
— Tobut boshingizga ko‘tarib olib qayoqqa ketyapsiz?
Tobut yasovchi odam militsiyaga:
— Ko‘milgan joyim yoqmayapti. Boshqa joy qidirib ketyapman, - degan ekan.