It yetaklab kelayotgan kishidan bir o‘tkinchi so‘radi:
— Itingizni zoti qanaqa?
— Politsiyachi it, - javob berdi egasi.
— Lekin ko‘rinishidan umuman o‘xshamaydi-ku!? – debdi yana qiziquvchan odam.
— Buni hech kim payqamasligi kerak. Chunki itim maxfiy politsiyachi, - javob beribdi it egasi.
Bir kishi tanish vrachdan so‘ragan ekan:
— Nima uchun bemorlaringdan nonushtaga nima yeganini so‘raysan?
Vrach:
— Shunga qarab bemorimning hamyoni baquvvatmi-yo‘qmi shuni bilib olaman-da!
Bir odam radioga telefon qilibdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha, radio!
— Salomlaringiz bo‘lsa marhamat yo‘llang.
— Meni bir iltimosim bor edi. Hovlimdagi supada mayizlar bor. Ularni quyoshda qurityapman. Radioni supamga qo‘yib bozorga ketsam, kelgunimcha har zamonda qushlarga “kisht-kisht” deb tura olasizlarmi...?!
Ichki ishlar bo‘limiga kelgan erkak militsiya xodimiga murojat qildi:
— Tunda bizning uyga o‘g‘rilikka kirgan jinoyatchi bilan gaplashsam bo‘ladimi?
— Nimani gaplashasiz?
— Xotinimga bildirmay tunda qanday qilib uyimizga kirganini so‘rab olmoqchiman.
Shoh uyida katta bazm beribdi. Bazm avjiga chiqqanda shoh Afandini yoniga chaqirib debdi:
— Hozir hammani oldida menga qarab “Siz juda-yam aqlli podshohsiz” deysan.
Afandi:
— Axir siz juda-yam aqilli podshohsiz-ku, - degan ekan, podshoh bu fikridan qaytib, Afandini donoligiga tasanno aytibdi.
— O‘rtoq, meni ham kutib tur, birga boramiz.
— Kutolmayman. Birga oshim bor.
Ikki futbol muhlisining suhbati:
— Bilasanmi, bokschilarimiz zo‘rda! Hech kim ularni yenga olmaydi. Ularni futbol maydoniga tushirsakmikan?!
— Ahmoqmisan? Ular futbol o‘ynashni bilmaydiku!?
— Nima farqi bor? Futbolchilarimiz ham bilmaydi...
Quyon o‘rmondan ketayotsa, yo‘lda arslon yotganmish.
— Nima qilib yotibsiz bu yerda? – so‘rabdi quyon.
— Dam olib yotibman, - debdi arslon.
Quyon ortiga qaytib kelayotsa, arslon haliyam o‘sha yerda yotibdi...
Hayron bo‘lib undan yana so‘rabdi:
— Haliyam yotibsizmi? Nima qilyapsiz o‘zi bu yerda?
Arslon chiday olmay yig‘lab debdi:
— Qopqonga tushib qolganman. Yordam ber!
Quyon:
— Nariroq yotsang bo‘lmaydimi!? – deb arslonni bir tepib o‘tib ketgan ekan.
— Kecha xotinim naqd farishtaning o‘zginasi aylandi...!
— Qanaqasiga?
— Futbol o‘yinini finali boshlanishiga 5 daqiqa qolganida uxlab qoldi.
Akasi singlisiga debdi:
— Kosadagi murabboni yeb qo‘yganimni oyimga aytmagin!
Oyisi ishdan kelsa, singlisi debdi:
— Oyijon, akam murabboni yeb qo‘yganini sizga hech qachon aytmayman!