5 ta harf. Birinchi va oxirgi harfi “q”.
Ikkinchi harfi “o‘”.
Bu – qo‘shiq.
Afandi devorda ilinib turgan miltig‘ini sekin olib xonaga kirsa, ro‘parasida qop-qora narsa turganmish.
Afandi “paq” etib otibdi. Haligi narsa baribir shundoq turganmish.
Sekin borib qarasa, o‘zini choponi ekan. Shunda afandi:
— Yaxshiyam ichida o‘zim yo‘qligim. Bo‘lmasa, o‘zimni otib qo‘yardim, - dermish.
— 1 ta buxanka non olingda, tuxumni so‘rang. Bor bo‘lsa, 10 ta oling!
Eri do‘konga kirib sotuvchiga debdi:
— 1 ta buxanka bering. Tuxum bormi?
— Bor, - debdi sotuvchi.
— Unda 10 ta buxanka berasiz, - dermish eri.
— O‘g‘lim, qo‘shni xonadan paypog‘imni olib chiqgin.
O‘g‘li “Xo‘p” deb qo‘shni xonaga kirsa, opasi o‘tirgan ekan.
Bolani sho‘xligi tutib opasiga debdi:
— Adam aytdilar-ki, qulog‘ingizni “burab” qo‘yar ekanman...
Opasi:
— Nima deyapsan? Tentakmisan?! Bo‘lishi mumkinmas!
Bola otasi tomonga qarab baqaribdi:
— Ada, o‘nginimi yo chap tarafinimi?
Hech narsadan bexabar otasi:
— Ikkalasini ham! – dermish.
— Ha, labbay?
— Telefonimni ta’mirlashga berib ketgan edim.
— Hali ta’mirlab bo‘lmagandik...
— Bo‘pqoldimi o‘zi?!
— Endi boshlaymiz.
— Qazigan transheyangiz bir pulga qimmat! O‘pirilib tushganidan komandirning xabari bormi? – desa, askarlar:
— Hozircha yo‘q, o‘rtoq mayor. Avval uni qazib chiqaraylik, albatta aytamiz, - deyishibdi.
— Erim tuni bilan uyqusida gapirib chiqyapti.
Shifokor:
— Xavotir olmang! Bir dorini yozib beraman. Shundan ichiring, gapirmay uxlaydi.
Ayol:
— Yo‘q doktor! Erimga gaplarini aniq gapiradigan doridan yozib beraqoling...
— Kelinglar, gazetadan olinglar! Gazetamizning yangi soni, 100 kishining aldanganligi...
Xaridor kelib:
— Menga bitta gazeta bering.
Sotuvchi yana:
— Kelaqolinglar, gazetadan olib qolinglar... Gazetamizning yangi soni, 101 kishining aldanganligi...
— Vatan nima?
— Vatan bu mening onam...
— O‘tir yaxshi. Shahzoda tur! Vatan nima?
— Vatan Sevaraning onasi.
— Tinchlik saqlansin! Kim shovqin solsa, yoki baqirsa zaldan chiqarib yuboraman! – desa, sud ayblanuvchi o‘rnidan turib baqira boshlabdi.