Erim qafasdagi konoreykalarga don, suvdan tashqari olma, banan, qulupnay, qizil sabzi, qaynatilgan tuxum beradi. Yomg‘ir yoqqanida qafasni issiqqina uyga olib kiradi. Havo yaxshi bo‘lsa qafasni hovlining eng bahavo joyiga iladi.
Shu qushlarga aylanib qolgim kelyapti...!
Bir ayol shifokor yoniga kelib debdi:
— Doktor menga yordamingiz kerak!
— Nima shikoyatingiz bor?
— To‘ydan keyin ko‘zim umuman pullarni ko‘rmaydigan bo‘lib qoldi...
Juda qalin dugonalar suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, erim meni “Quyoncham” deb chaqira boshladi.
— Axir bu zo‘r-ku!
— Nimasi zo‘r?! Erim ismimni unutib qo‘yganga o‘xshaydi....!
Marshrutkada bir yigit qo‘l telefonida gaplashib ketmoqda:
“Og‘ayni gapni eshit! Meni hisobimdan 200 million olasan-da, qurilish mollari xarid qilasan. Yangi imorat qurilishini ham boshlayver! Aksiyalarni birjaga qo‘yasan. Foyda olishni boshlagach, ...” deb gapirayotsa, hamma yo‘lovchilarning ko‘zi chiqayozay deb qarab turishganmush. Yigit ularni ko‘rib debdi:
“Hayron bo‘lmanglar! Do‘stim kompyuteriga yangi o‘yin o‘rnatibdi. O‘yin qoidalarini tushuntirib beryapman”.
Tiqilinch avtobusda Abdusattor shimining cho‘ntagidan pul olish uchun o‘rnidan turib-o‘tirgan edi, tik turib ketayotgan 18 yo‘lovchini hayajonlantirib yubordi.
Maktabda biologiya o‘qituvchisi darsni o‘quvchilarga tushuntirmoqda:
— Mana qaranglar! Bir stakan aroqqa chuvalchangni solsak, u halok bo‘ladi. Aytinglar-chi, aroq inson organizmiga qanday ta’sir qilar ekan?
O‘quvchilar:
— Demak, inson aroq ichsa, ichidagi hamma gijjalar o‘lar ekan...
Bir yigit mashina haydab ketayotsa, YPH xodimi to‘xtatib debdi:
— Hurmatli haydovchi, hujjatlaringizni taqdim etsangiz.
Haydovchi yigit:
— Meni kimligimni bilasizmi? – debdi mashinada o‘tirgan holda kerilib.
YPH xodimi:
— Yo‘q, bilmayman. Hujjatlaringizni taqdim etsangiz... – debdi yana.
— Qo‘chqorov degan odamni taniysizmi?! – debdi haydovchi.
— Ha, taniyman, - debdi YPH xodimi.
Haydovchi:
— Men o‘shani o‘g‘li bo‘laman, - desa, YPH xodimi:
— Iye, Qo‘chqorov menman-ku! Bu yoqqa tushchi o‘g‘lim. Nega seni avval hech ko‘rmaganman?! – dermish.
Oldinda yoz fasli! Siz dam olishga kim bilan bormoqchisiz?
Sharttaki bilanmi? “Dam olishgami? Gap yo‘q, ketdik!” deydi.
Mijg‘ov bilanmi? “Yana kim boradi? Nima ovqat yeymiz? Nechta kiyim olib ketish kerak? Havo qanaqa bo‘larkin?” deydi.
Injiq bilanmi? “Agar yaxshi uxlay olmasam qaytib kelaman...”deyishi aniq!
Bahonachi odam bilan bormoqchi bo‘lsangiz: “Dam olish kunlari bandman. Kelasi hafta ham ishlarim bor. Keyingi oy ham band bo‘lsam kerak. Umuman keyingi yil ham, keyingi hayotimda ham...” deygan javobni kuting.
Hisobchi odam bilanmi?: “Qancha pul ketarkin? Nechi kilogramm go‘sht olamiz?” desa,
borishni umuman istamagan odam: “Aniq bilmiman... Vaqtim bo‘larmikin...? Keyinroq o‘zim qo‘ng‘iroq qivaraman...” deyishi turgan gap!
Avvaliga enaga bilan bog‘cha opa aybdor. Keyin – tarbiyachi. Undan keyin – maktabda o‘qituvchi aybdor. Keyin esa – ishxonada rahbar! Sal keyin esa – xotin! Hammasiga aybdor o‘shalar. Erkaklarda o‘zi hech qachon ayb bo‘lmagan desa ham bo‘ladi...
Bir samolyotga yangi styuardessa ishga kiribdi. Parvoz paytida ikki uchuvchi gaplashib qolishibdi:
— Bu yangi styuardessaning qomati qanaqa ekan?
— Unga qaraganda ming marta o‘zimning xotinimni qomati chiroyli, - debdi birinchi uchuvchi.
Shunda ikkinchi uchuvchi:
— To‘g‘ri aytasan! Unga qaraganda ming marta sening xotiningni qomati chiroyli, - dermish.