“Biz sizning dardingizga shifo topsak, sizdan 50 ming so‘m bo‘ladi. Agar topa olmasak, bizning shifokorlarimiz sizga 100 ming so‘m pul berishadi. Kafolatlangan!”.
E’lonni o‘qigan yigit shifokorlarni laqillatish maqsadida kirib debdi:
— Doktor, meni ta’m bilish qobiliyatim yo‘qoldi.
— Mana bu damlamani ichib ko‘ring bemor.
— Iye, nimalar qilyapsiz?! Axir bu benzin ekan-ku!
— Ana, ta’m bilishingiz o‘zingizga qaytdi. 50 ming to‘lab keting.
Ertasi kuni “bemor” yigit yana kelib, “Bugun doktorni chuv tushiraman” deb:
— Doktor, meni ko‘zlarim ko‘rmayapti.
— Kechirasiz bemor! Bu dardingizni davolay olmasak kerak. Mana sizga 100 ming so‘m, shifoxona hisobidan.
— Shoshmang! Bu yerda 50 ming so‘m-ku!
— Tabriklayman! Ko‘rish qobiliyatingiz qaytdi! Pulni qaytarib bering-da, kassamizga 50 ming to‘lab ketishni unutmang!
— Apparat bortidan sakrab chiqqach, halqani tortasiz. Bir ozdan so‘ng parashyut gumbazi ochiladi, yerga qo‘nasiz. Qo‘nish maydonida sizni avtobus kutadi. Avtobusga chiqib, yana shu yerga qaytib kelasizlar.
Rezervdagi desantchilardan biri sakrab, aytilganidek halqani tortibdi. Parashyut gumbazi ochilmabdi. Toshday tez pastga tushib borayotgan harbiy o‘ziga-o‘zi javrarmish:
— Ho‘sh, parashyut masalasida aldashdi. Qani ko‘raylik-chi, avtobus kutib turishi rostmikin!?
Manzilga yetib kelgach, biri debdi:
— Men ichkariga kirib avtobusni haydab chiqaman. Sen shu yerda qorovulni chalg‘itib tur!
— Xo‘p, - debdi sherigi.
Ichkariga kirib ketgan o‘g‘ri yarim soat o‘tsa ham chiqmasmish, bir soat o‘tsa ham chiqmasmish.
Oxiri tashqarida turgani sekin ichkariga kirib qarasa, sherigi avtobuslarni orasida anqayib yurganmish.
— Nima qilyapsan? Nega haligacha avtobusni haydab chiqmayapsan? – desa, sherigi:
— 17-avtobusni topa olmayapman. Bu yerda turganlari bizni uyimizga bormaydi-ku!? - dermish.
— Jonimga tegdi hammasi! Kun bo‘yi bir martta ham o‘tirmadim...
Praporshik bu gapni eshitib xotinini 50 martta o‘tirib-turishga majbur qilibdi.
— Kecha qarmoqni zo‘rg‘a tortib uch metrlik somni chiqarib oldim!
— Seniki holva! Kecha meni qarmog‘imga XVIII asrda ishlangan katta fonus ilinib chiqdi. U haliyam yonib turgan ekan!
— Mayli men somni uzunligini qisqartiraman. Faqat iltimos, sen ham fonusingni o‘chgan ekan deb ayt!
— Qamoqdan soat nechida chiqgan edingiz?
Eri:
— Soat 11 lar edi chamasi... Keyin militsiyaga borib ro‘yxatdan o‘tdim. Keyin ota-onamni ko‘rgani bordim, keyin ... – deb gapirayotsa, xotini:
— Hozir soat 4 bo‘ldi. Shunaqa-yam kech keladimi odam degan? Qayerlarda daydib yuribsiz? Uyga vaqtida kelasizmi-yo‘qmi o‘zi?! – deb janjal ko‘tara boshlabdi.
Shu payt boshi og‘rib ketgan eri sumkasini olib, sekin tashqariga chiqib ketayotsa, xotini:
— Qayoqqa yana?! – debdi.
Eri bo‘lsa:
— Borib birorta do‘konni o‘maraman. Menga o‘sha yoq tinchgina ekan... – dermish.
— Barakalla, o‘g‘lim! Ertaga ham shu yerga kelsang, senga jannatning yo‘lini ko‘rsataman.
Bola javob beribdi:
— Cherkovning yo‘lini bilmagan odam, jannatning yo‘lini qayerdan bilardingiz?!
— Sizning kasallik varaqangizni ko‘zdan kechirib, qo‘rqib ketdim.
— Nega? Yomon dardga chalinibmanmi?
— Undan ham battar!
Bemor hushdan ketib yiqila boshlagandi, vrach qo‘shib qo‘ydi:
— O‘zingizni bosing! Siz yashaydigan tumandagi bemorlarga bizning poliklinika xizmat ko‘rsatmas ekan, xolos.
Erkak qiziqib so‘rabdi:
— Otaxon, nima sotyapsiz?
— Perforator. Ko‘rasanmi? – deb qog‘ozni ochsa, ichidan katta miltiq chiqibdi.
Erkak hayratda:
— Otaxon, axir bu miltiq-ku!? – desa, otaxon:
— Bilmasam bolam... Lekin asfaltni yaxshi teshar ekan, - dermish.
Vrach:
— Kimni navbati, kiring! Stulga o‘tiring! Bo‘ldi! Xizmatga yaroqli!
Stuldan turgan yigit hayron bo‘lib:
— Qanaqasiga? Sog‘ligimni tekshirib ham ko‘rmadingiz-ku?! – debdi.
Vrach:
— Gapimni eshitding – quloqlaring sog‘lom. Stulni ko‘rding – ko‘zlaring ham sog‘lom. Teskari o‘girib qo‘ygan stulimni o‘ngini qilib o‘tirishga aqling ham yetdi. Demak, soppa-sog‘san! – dermish.