— Oyijon, bu safar ona tilidan chorak bahoim aniq “5” chiqadi.
— Barakalla o‘g‘lim! Nega bunchalik aniq gapiryapsan?
— Chunki choraklik inshoni partadoshim Manzuradan ko‘chirdim. Mavzusini bilasizmi? “Mening tarjimai holim”...
Ziqnaroq bir odam taksi to‘xtatib so‘rabdi:
— Falon joygacha borsam, qancha bo‘ladi?
Taksichi unga:
— 10 ming bo‘ladi, - debdi.
Haligi odam pulni eshitib:
— Unda shu yuklarimni o‘sha joyga olib borib tashlang. Men orqangizdan yugurib yetib olaman, - dermish.
Yaqin do‘st bo‘lgan ikkita boy uchrashib, suhbatlashib qolibdi:
— Shu dangasa o‘g‘limni ishga olsang degandim...
— Muammo emas! Ertaga kelaversin. 1-2 soat ofisda, kompyuter o‘yin o‘ynab ketadi. Maoshi 5 million bo‘ladi.
— Do‘stim, men uni rostan ham ishlashini xohlayman.
— Mayli, yarim kunga kelaqolsin. Internetda yangiliklarni o‘qib, qahva ichib ketadi. Oyiga - 2 million, bo‘ladimi?
— Ha, yo‘q... U kamida 10 soatlab ishlashi kerak. Maoshini 700 mingdan oshirmaysan...
— E, bunaqasi ketmaydi! O‘g‘lingga ayt, yonimga institut diplomi bilan kelsin!
Bir yigit qo‘l telefoni musiqasiga qo‘ng‘irog‘iga davlat madhiyasini qo‘yib olgan ekan. Bir kuni bekatda avtobus kutib o‘tirgan ekan kimdir unga qo‘ng‘iroq qilib qolibdi. Shunda telefonidan madhiya yangray boshlabdi. Orqa cho‘ntagidan telefonni olish uchun o‘rnidan turgan yigit atrofdagilarga qarasa, yonidagi odamlarni hammasi o‘rnidan turayotganmish.
Mashhur yozuvchi Chexov 44 yoshida vafot etgan.
Pushkin esa 37 yoshida halok bo‘ldi. Mayakovskiy 36 da,
Yesenin-chi, bor-yo‘g‘i 30 yoshga kirganida o‘z joniga qasd qilishadi.
Mana, mashhur insonlarning davlat pensiya jamg‘armasiga qo‘shgan hissalari...!
Rosa mast ahvolda uyga kelgan erkak oshxonaga kirib qarasa, sovutgich “g‘irillab” ishlab turgan ekan. Erkak kelib sovutgichni eshigini ochibdi-da:
— Uyga tashab qo‘ying, - deb ichiga kirib o‘tirib olibdi.
Xotini shovqinni eshitib oshxonaga kirsa, eri muzlatgichni ichiga kirib o‘tiribdi.
— Dadasi, bu yerda nima qilyapsiz? – desa, eri:
— Orqamdan qidirib shu yergacha keldingmi?! O‘zim taksi ushlab uyga ketayotgandim, - dermish.
— Allo, o‘rtoq qayerdasan?
— Avtobusda, kelyapman!
— Tezroq bo‘laqolgin...
— Yaxshi. Hozir, haydovchiga aytaman!
Bir yigit do‘stini yoniga kelib dedi:
— Shifokorning aytishicha, mening sakkiz soatlik umrim qolibdi. Yur, tuni bilan shahar aylanamiz, bor pulimga restoranda o‘tiramiz.
Do‘sti unga:
— Ho-o, sen ertaga baribir uyg‘onmaysan. Men bo‘lsam erta turib ishga borishim kerak.
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan ayolga instruktor debdi:
— Men to‘xtang deyapman. Siz nima qilyapsiz?!
Ayol:
— To‘xtayapman...
Instruktor:
— Mashina to‘xtasin, sizni miyangiz emas!
Yarim tunda uyga mast ahvolda kirib kelgan erini yoniga xotini kelib:
— Sizga nima deyishni ham bilmay qoldim, - desa, eri:
— Hayriyat-yey, seni-yam gaping tugar ekan-a, - dermish.