Shifokor bemordan so‘radi:
— Ho‘sh, bugun qanday uxladingiz?
Bemor javob berdi:
— Shu..., tungi ko‘ylakda, yalang oyoq, qorong‘u xonada uxladim.
Bir kuni er-xotin urishib qolibdi.
Eri:
— Sen bilan ortiq yashay olmayman. Narsalaringni olgin-da, ota uyingga jo‘na! – debdi.
Xotini ketibdi.
Kun kech bo‘lgach, eri sekin telefonni olib xotiniga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Onasi, boraymi...?!
— Mayli. Faqat bitta shartim bor.
— Ho‘sh?..
— Oshxonaga kiring.
— Kirdim.
— Qo‘lingizga likopchani olib, uni zarb bilan yerga uring!
— Urdim.
— Endi siniqlarini yig‘ib, avvalgi holiga keltiring.
— Iye, xotin. Men plastik tarelkani yerga urgandim. Singani yo‘q...!
— Obbo! Ming yillik rivoyatni rasvo qildingiz. Keling, tezroq olib keting. Ota-onamga birrovga keldim, degandim, - debdi xotini.
Qimmat mashinada ketayotgan kelishgan ayolni Gai to‘xtatib so‘rabdi:
— Nega mashinangiz oldida boshqa raqam, orqasida boshqa?
— Oldidagi birinchi telefonim raqami, orqadagisi ikkinchi telefon raqamim, - debdi ayol.
Vodiydan Toshkentga birinchi martta mehmon bo‘lib kelayotgan uch kampir mashinada dovon (pereval)dan o‘tib kelayotishsa, haydovchini hazil qilgisi kelib qolibdi:
— Onaxonlar, hozir tepalikka, farishtalarga yaqin joyga chiqib boramiz. Kim-da kim choliga xiyonat qilgan bo‘lsa, quloqlari bitib, hech narsani eshitmay qoladi, - debdi.
Kampirlarni quloqlari bitib qola boshlabdi. Shunda kampirlardan biri debdi:
— Juda ko‘p xiyonat qilgan bo‘lsa kar bo‘lib qolmaydimi ishqilib?!
— Sigiring qanday qilib kuniga 30 litr sut beradi?
— Bu juda oson. Men ertalab molxonaga kiraman-da, “Bugun sut ichamizmi yoki go‘sht yeymizmi?” - deyman.
Qari buvijon mahallada biroz aylanib, uyiga qaytib kirib o‘g‘liga dermish:
— Hozirgi zamon yoshlari juda ajoyib-da! Ko‘chada 4 ta yosh yigit bitta sigaretni galma-galdan chekib o‘tirishibdi. Lekin hecham xafa emaslar. Tinmasdan kulishyapti-ya, baraka topgurlar.
80 yoshlarga borib qolgan onaxon shifoxonada.
Vrach:
— Onaxon, biz sizni yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazdik. Siz butunlay sog‘lomsiz. Yana bir martta shikoyatingizni menga eslatib yuboring.
Onaxon:
— Aytdimku bolam, avtobusni orqasidan yugurib, yetay-yetay deb qolganimda sal-pal hansirab qolyapman...
Maktabda tabiatshunoslik fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga debdi:
— Aytinglar-chi bolalar, parrandalar bizlarga nima beradi? Sen ayt-chi, Valijon...
— Tuxum beradi, ustoz.
— Yana nima beradi Madina?
— Go‘sht beradi.
— To‘g‘ri. Parrandalardan yana nima olsak bo‘ladi, Olimjon?
— Bilmayman ustoz.
— Nega bilmaysan!? Seni adang uxlaganda boshiga nima qo‘yib yotadi?
— Yostiq...
— Xo‘sh? Ana shu yostiqni qaychida kesib, ichini ochsak nimani ko‘rasan?
— Men tomonga kaltak ko‘tarib kelayotgan adamni ko‘raman, ustoz.
— Sitro ichdim va yutdim.
— Spark yutdingmi???
— Yo‘q, Sitro shunaqa-yam achchiq, bemaza ekan-ki, zo‘rga yutdim.
Pul – insonga hech qachon vafo qilmaydi.
Ko‘chaga pul bilan chiqib ketasan, uyga nuqul yolg‘iz qaytasan!