Mashhur folbin bir shaharga mehmon bo‘lib kelibdi. Yo‘lni bilmay tursa, yonidan bir kishi o‘tib qolibdi. Shunda folbin:
— Hoy og‘ayni, yo‘lni bilmay turibman, aytib bera olmaysizmi? – desa, haligi kishi yo‘lni ko‘rsatib yuboribdi.
Shunda folbin:
— Yaxshiligingizga men ham yaxshilik bilan javob qaytarmoqchiman. Men falon yurtning mashhur folbiniman. Keling, sizga ham bir fol ochib kelajagingizni aniq aytib beray, - debdi.
Shunda haligi kishi javob beribdi:
— O‘zini yo‘lini bilmagan odam, meni kelajagimni qayerdan bilardingiz!?
Ishdan g‘amgin qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi?
— Bilasanmi, bugun qanaqa kun? – debdi eri.
— Yo‘q, - hayron bo‘lib javob beribdi xotin.
— Bundan 20 yil avval, maktabda o‘qib yurgan paytlarimiz... Ikkalamiz otangni qimmatbaho mashinasini haydab ketib, urib olganmiz. Pachoq bo‘lgan mashinasini ko‘rgan otang “yoki mashinamni pulini har oyda falon so‘mdan to‘lab borasan yoki shu qizimga uylanasan” degandilar... – debdi eri.
Xotini yana tushunmay:
— Ho‘sh, nima bo‘pti. Nega shu voqeani bugun eslayapsiz? – desa, eri afsus bilan:
— Agar o‘shanda otangni birinchi shartiga rozi bo‘lganimda, bugun mashinani puli to‘lab qutulgan bo‘lardim! – dermish.
Nega ko‘pchilik onalar instagramda farzandlarini yuzlarini berkitib qo‘yishadi-yu, kinozalga kirganda og‘zilari berkita olishmaydi.
— Qalaysan do‘stim?
— Yaxshi o‘zingchi?
— Zo‘r! Sen Munisa Rizayevani taniysanmi?
— U meni taniydimi???
Kriminal xabar.
Manyak hujum qilgan qiz shoshganidan, uning yuziga sumkasidagi gaz ballonchasi o‘rniga "Сhanel no 5" atiridan sepib yubordi. Jahl bilan "Ablah! 150 dollar turadi-ya, bu atir!" deb manyakni sumkachasi bilan urib, do‘pposlab, chalajon qilib qo‘ydi...
Do‘konga sotuvchi bo‘lib ishga kirgan yosh yigit xaridorlarga xizmat ko‘rsatyapti:
— Sizda oqartiruvchi upa bormi? – debdi bir yosh juvon.
— Yo‘q. Lekin bizda ohak bor. Olasizmi? - debdi yigit.
Jahli chiqqan juvon do‘konni boshiga ko‘tarib shovqin sola boshlabdi.
Darrov yetib kelgan do‘kon mudiri nima gap ekanini so‘rabdi.
— Manavi surbet sotuvchingiz menga oqartiruvchi upa o‘rniga ohak tavsiya qildi, - debdi juvon.
Shunda yigit do‘kon mudiriga qarab:
— Axir o‘zingiz aytgandingiz, xaridor so‘ragan narsa bo‘lmasa, o‘rniga shunga o‘xshash boshqa narsa tavsiya qilgin! Xaridor bo‘sh qo‘l bilan chiqib ketmasin degandingiz-ku... – dermish.
Bir odam uyida o‘tirgan ekan, eshik taqillab qolibdi.
Tirqishdan qarasa, MIBdan kelishgan ekan. Uy egasi jim turaveribdi.
Shunda MIB xodimlari:
— Bizda yangi apparat bor. Uyda odam borligini ko‘rsatyapti. Oching eshikni! – deyishibdi.
Haligi odam hayron bo‘lib, eshikni ochibdi-da:
— Qani, ko‘rsatinglarchi... - dermish.
Odamlar bankomat oldida navbatda turishsa, orqadan bir kishi baqirarmish:
— Meni o‘tkazib yuboringlar! Bo‘lmasa hozir boshlaringni ustidan yurib ketaman!
Navbatda turgan bir kal odam quliga tuflab boshini silabdi-da:
— Yiqilib tushgin, - debdi.
Badavlat odam uyga qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Senga 2 ta yangiligim bor. Biri-yaxshi, ikkinchisi yomon!
— Mayli, yomonidan boshlayvering! – debdi xotini.
— Bugun kozinoda o‘ynab, bor boyliklarimni yutqazib qo‘ydim. Yaxshi yangiligimni eshit! O‘sha kozinoni o‘zi menga tegishli bo‘lib chiqdi...
1-sinf o‘quvchilariga matematika darsini o‘tayotgan ustoz o‘quvchilardan so‘rayapti:
— Ho‘sh bolajonlar, nima qilsak 6 soni 9 bo‘ladi?
Orqa partada o‘tirgan o‘quvchi o‘rnidan turib javob beribdi:
— 6 sonini yiqitib, oyog‘ini tepaga qilib qo‘ysak 9 bo‘ladi, ustoz...