Stomatologiya poliklinikasi yo‘lagida asabiylashib sigaret chekib yurgan vrachni uchratgan hamshira undan so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi, tinchlikmi? Bemoringizni tishlari juda yomon ahvoldami?
Vrach asabiylashib debdi:
— Qani endi shunday bo‘lganida... Bemorimni hamma tishlari sog‘lom, lekin uni pullari ko‘p!!!
Dorixonaga bir ayol kirib debdi:
— Hurrakni to‘xtatishim kerak, shunga dori bormi?
— Hurrakni o‘zi kim otadi?
— Erim.
— Mana sizga 1 o‘ram paxta!
— Paxtani boshimga uramanmi?
— Har kuni qulog‘ingizga tiqib yotsangiz, hurrakni eshitmaysiz.
Xotinining janjallaridan to‘yib ketgan er ortiq bundan yashab bo‘lmasligini tushunib yetibdi. “Bir nima qilishim kerak!” deb o‘ylabdi-da, shartta derazani ochib tokchaga chiqibdi. 6-qavatdan pastga qarab tursa, xotini chiqib qolibdi:
— Nima qilyapsiz, adasi? – debdi xotini.
— Xayr xotin! Ortiq sen bilan yashay olmayman! Jonga tegdi! Hozir o‘zimni shu yerdan tashlayman! – debdi eri.
Xotini yugurib oshxonaga kirib ketibdi. Zum o‘tmay, qo‘lida axlat chelak bilan chiqib debdi:
— Adasi shuni ham olib keting. Baribir pastga ketyapsiz-ku...!
Bir kuni tank bilan zaporoj uchrashib qolibdi.
— Nega seni ichak-chavog‘ing noto‘g‘ri joyda joylashgan? – deb kulibdi tank zaporojni ustidan.
— Seni boshing chirpirak bo‘lib aylanyapti, men hech narsa demayapman-ku! - degan ekan zaporoj.
Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo‘lib shikoyat qilayotganmish:
— Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
— Nega?
— Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimni kamchiliklari juda ko‘p!
— Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko‘rasanmi?
— Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
— Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o‘rgan!
Insonlarga ishonmasligimning sababi 2 ta:
1. Men ularni mutlaqo tanimayman.
2. U insonni men juda yaxshi bilaman.
Yoshi bir joyga borib qolgan futbol ishqibozi bolalik xotiralarini gapirib bermoqda:
“Bir yoshligimizda jahon chempionatini oq-qora televizorda ko‘rar edik. Bir gal esimda, televizorimizni rangini oqartirib yuborsam, ekranda angliyaliklar ko‘rinmay qoldi. Ekranni sal qoraytirsam, maydondan nigeriyaliklar yo‘qolib qoldi”.
O‘g‘li kompyuter oldidan hech ketmayotganini ko‘rgan onasi oshxonada turib unga debdi:
— Kelaqol o‘g‘lim, ovqat tayyor!
— Hozir oyijon, hozir.
Onasi yana unga:
— Kelaqol endi, ovqating sovib qoladi...
O‘g‘li o‘rnidan turib oshxonaga kirib borsa, onasi tezgina yugurib borib, kompyuter oldiga o‘tiribdi-yu, xursand bo‘lib o‘ziga-o‘zi:
— Yana aldandi, laqma! – dermish.
— Do‘stim, men uchun hayot tamom! Sevgan qizim meni tashlab ketdi!
— Ha...! Juda yomon bo‘pti. Yer yuzida bittagina qiz bor edi-ya... Lekin endi aqling ishlay boshlaydi!
— Nega yer yuzida bitatgina qiz bo‘lar ekan?! 4 milliard qiz bor-ku!
— Ana ko‘rdingmi?! Aqling ishlay boshladi.